Yangi O’zbekistonning porloq kelajagi uchun ovoz bering!

24.09.2021, 16:40

Yangi O’zbekistonning porloq kelajagi uchun ovoz bering!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili Ra’no Turdiboyevaning saylovchilar bilan uchrashuvi Angren maxsus industrial zonasi anjumanlar zalida tashkil etildi.

Saylovchilar bilan uchrashuvni partiya Toshkent viloyati Kengashi raisi To‘lqinjon Fayziyev ochib berdi.

Uchrashuvda ishonchli vakil R. Turdiboyeva tomonidan nomzodning saylovoldi dasturi, tarjimai holi, ayni kunga qadar olib borgan faoliyati, tashviqot ishlari xususida atroflicha ma’lumot berildi.

Ayniqsa, so‘nggi besh yilda nomzod tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilgan oqilona siyosat, izchil islohotlar, shuningdek, viloyatda yuz bergan ijtimoiy, iqtisodiy sohalardagi ulkan o‘zgarishlar ayni faoliyatning mahsuli ekanligi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuvda Angren shahri bir guruh faollari so‘zga chiqib, erishgan yutuqlarining tub zamirida so‘nggi besh yilda amalga oshirilgan oqilona siyosat yotganini ta’kidlashdi. 

Yig‘ilganlar bo‘lajak saylovda o‘zlari ishonch bildirgan Shavkat Mirziyoyev nomzodiga ovoz berishga chorlashdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    301
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+