Ishonchli vakil o‘qituvchi va talabalar bilan uchrashdi

27.09.2021, 16:48

Ishonchli vakil o‘qituvchi va talabalar bilan uchrashdi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sh.Mirziyoyevning ishonchli vakili Rustam Xolmurodov Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalar bilan uchrashdi.

Tadbirda nomzodning tarjimai holi va siyosiy faoliyati, saylovoldi dasturi, keyingi besh yilda mamlakatimizda amalga oshirgan ishlari haqida ma’lumot berildi.

– Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida “Sifatli ta’lim – inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi omili” yo‘nalishida ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan, – dedi R.Xolmurodov. – Jumladan, kelgusida maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasini hozirgi 62 foizdan kamida 80 foizga yetkazish, buning uchun qo‘shimcha ravishda 7 mingdan ziyod yangi bog‘cha tashkil etish, Oliy ta’limga qamrov darajasini 50 foizgacha oshirish va asosiy e’tiborni ta’lim sifatini oshirishga qaratish ko‘zda tutilgan. 2026 yilgacha xususiy oliygohlar sonini kamida 50 taga yetkazish eng ustuvor vazifa etib belgilangan.

Tadbir qatnashchilari kecha Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyati saylovchilari bilan uchrashuvida Samarqand davlat universitetiga atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov nomini berish taklifi bildirilgan universitet jamoasi tomonidan ham qizg‘in qo‘llab-quvvatlangani ta’kidlandi.

Ishonchli vakil barchani 24 oktabr kuni o‘tkaziladigan saylovda Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Teglar
  • Ko'rildi
    283
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+