Kelajak avlodlarimizning farovon hayoti uchun ovoz bering!

27.09.2021, 16:51

Kelajak avlodlarimizning farovon hayoti uchun ovoz bering!

“LIDA METAL TECHNOLOGY” MChJ XK metallurgiya korxonasiga tashrif buyurgan partiya nomzodining Toshkent viloyatdagi ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva bu yerda korxona ishchi-xodimlaridan iborat saylovchilar bilan uchrashdi.

Bu yerda partiya nomzodining ishonchli vakilini korxona rahbari qarshi olib, unga yillik ishlab chiqarish hajmi 200 ming tonna bo‘lgan korxonada termomexanik usulda mustahkamlangan A500 P-12 P-25 armatura olinishi haqida ma’lumot berdi.

Zavod ishchi-xodimlaridan iborat saylovchilar bilan kechgan uchrashuvda nomzodning Yangi O’zbekiston sanoatini rivojlantirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratilgan saylovoldi dasturini keng targ‘ib qildi.

Ishonchli vakil yig‘ilganlarni saylovlarda faol qatnashib, o‘zlari, farzandlari, qolaversa, kelajak avlodlari farovon hayoti uchun partiya nomzodiga ovoz berishga undadi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    260
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+