Inson qadr-qimmatini oshirish – ustuvor maqsadimiz

28.09.2021, 16:06

Inson qadr-qimmatini oshirish – ustuvor maqsadimiz

O’zLiDePdan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva Ohangaron tumanidagi “Shodmalik” qishloq oilaviy punktida saylovchilar bilan uchrashdi.

Bu yerda jam bo‘lgan qozoq millatiga mansub bo‘lgan, yuz-ko‘zlarida shukronalik kayfiyati aks etgan saylovchilar ishonchli vakilni samimiy qarshi olishdi.

Partiya nomzodining Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva  saylovchilarga nomzodning saylovoldi dasturi va undagi ustuvor yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Maqsad-muddaosi bir bo‘lgan o‘zbek va qozoq xalqlarining o‘zaro tarixi va taqdiri ham chambarchas bog‘liq ekanini qayd etdi.

Uchrashuvda so‘z olgan saylovchilar bugungi kunda O’zbekistondagi qozoq diasporasi davlatimizning tanlagan taraqqiyot yo‘lini qo‘llab-quvvatlagan holda mehnat qilib, tinch-totuvlikda hayot kechirishayotgani, yurtimizda so‘nggi besh yilda millatlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhiti yanada mustahkamlanganini e’tirof etishdi.

“Shodmalik go‘zallari” folklor etnografik xalq dastasi xodimlari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar uchrashuv ruhiyatiga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Shuningdek, saylovchilar yangilanayotgan qishloqda kechayotgan farovon turmushlari, unda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlaridan roziliklarini bildirib, shukrona aytishdi.

Uchrashuvda bildirilgan iliq fikr va munosabatlardan so‘ng, ishonchli vakil Ra’no Turdiboyeva fuqarolar va millatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashni Yangi O’zbekiston strategiyasining asosiy yo‘nalishilaridan biri sifatida ko‘rgan nomzod Shavkat Mirziyoyevni qo‘llab-quvvatlashga chorladi. 

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    341
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+