Zarbdorliklar amalga oshirilayotgan bunyodkorlik jarayonlarining bardavomligini qo‘llab-quvvatladilar

29.09.2021, 17:02

Zarbdorliklar amalga oshirilayotgan bunyodkorlik jarayonlarining bardavomligini  qo‘llab-quvvatladilar

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal demokratik partiyasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Sh.Mirziyoyevning Jizzax viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Bayrambek Uzakov zarbdorlik saylovchilar bilan uchrashdi.

Tumandagi Musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tgan va targ‘ibot guruhi a’zolari, mahalliy Kengash deputatlari, elektorat vakillari va yoshlar ishtirok etgan uchrashuvda, dastlab an’anaga muvofiq, ishonchli vakil nomzodning tarjimai holi va Saylovoldi dasturidagi ustivor vazifalar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi. Dasturdagi har bir sohada amalga oshirilishi belgilangan maqsad va vazifalar ko‘lami, tumanda shitob bilan davom etayotgan o‘zgarishlar, yangiliklarni yangi bosqichga olib chiqishi hayotiy misollar bilan ko‘rsatib o‘tildi.

Darhaqiqat, tumanda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari tahsinga loyiq. Tuman markazi “Obod mahalla” dasturidan so‘ng tanib bo‘lmas darajada chiroy ochdi. Qisqa vaqt ichida ikkita to‘qimachilik korxonasi bunyod etilib, yuzlab xotin-qizlar ish bilan ta’minlandi.

Ayniqsa, tuman yoshlarining sport, san’at, adabiyot, tadbirkorlik va ishbilarmonlik yo‘nalishlarida qo‘lga kiritayotgan yutuqlari barcha zarbdorliklar ko‘nglini g‘urur va iftixorga to‘ldirmoqda. Oddiy misol, joriy yil Bo‘ston shaharchasida istiqomat qiluvchi Muqaddas Mamarasulova Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Qodiriy Qoplonbek Safarov “Mard o‘g‘lon” Davlat mukofotini qo‘lga kiritdi. E’tiborli tomoni, ularning har ikkalasi O’zLiDeP faollari hisoblanadi.

Uchrashuv davomida so‘zga chiqqanlar, mamlakatimiz rivojini, xalqimiz farovonligini belgilab beradigan bunyodkorlik jarayonlarining bardavomligiga qat’iy ishonch bildirib, partiyadan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Sh.Mirziyoyevni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdilar.

      O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot markazi

Teglar
  • Ko'rildi
    333
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+