O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida MDH missiyasining kuzatuvchilari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi

30.09.2021, 19:13

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida MDH missiyasining kuzatuvchilari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi

O’zbekistonda 2021 yil 24 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy voqea – prezidentlik saylovi arafasida yurtimizga xalqaro kuzatuvchilarning tashrifi davom etmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi saylovida ishtirok etish uchun akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilarining  soni hozirda 159 nafarni tashkil etmoqda.

Markaziy saylov komissiyasi xalqaro kuzatuvchilarning saylovlarga tayyorgarlik ko‘rishi  va uni o‘tkazish jarayonida o‘z faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshirish huquqini beradi.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan MDH Ijroiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Leonid Anfimov boshchiligidagi Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi missiyasining uzoq muddatli kuzatuvchilari delegatsiyasi yurtimizga tashrif buyurdi.

Ushbu delegatsiya faoliyati doirasida 2021 yil 30 sentabr kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijro qo‘mitasida uning vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida delegatsiya vakillari O’zLiDeP tarixi va g‘oyalari, partiya nomzodi Shavkat Mirziyoyevning Saylovoldi dasturi hamda  targ‘ibot va tashviqot ishlari bilan tanishdilar.

Saylov jarayoni  O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Saylov kodeksiga  muvofiq ochiq va shaffof o‘tayotgani hamda Saylovoldi targ‘ibot ishlari jarayonida ommaviy axborot vositalarida barcha partiyalar va ularning Prezidentlikka nomzodlari uchun  teng imkoniyatlar yaratilgani qayd etildi. O’zbekiston keng doiradagi kuzatuvchilarni  taklif etgan holda xalqaro hujjatlar doirasida qabul qilingan majburiyatlarga mas’uliyat bilan yondashishi hamda umumqabul qilingan demokratik tamoyillarga sodiqligini  yana bir bor isbotlayotgani ta’kidlandi.

Uchrashuv konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tdi.

Teglar
  • Ko'rildi
    305
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+