Ishonchli vakil harbiylar bilan uchrashdi

02.10.2021, 13:30

Ishonchli vakil harbiylar bilan uchrashdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Bayrambek Uzakov Jizzax viloyati hududida joylashgan harbiy qismlardagi zobit va askarlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari ham ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida ishonchli vakil yig‘ilganlarni caylovoldi dasturidagi ustivor yo‘nalishlar bilan tanishtirib o‘tdi.

Ma’lumki, so‘nggi yillarda  islohotlar harbiy sohada ham izchillik bilan davom ettirilmoqda. Terrorizm, ekstremizm xavfining kuchayishi, ayniqsa, qo‘shni Afg‘onistondagi notinchlik  Qurolli Kuchlarimiz oldiga Vatan sarhadlarining mustahkamligini, osmonimiz musaffoligini, el-yurtimiz tinchligini saqlashdek muqaddas vazifani qo‘ymoqda. Bu vazifani ado etish uchun bugungi kunda armiyamiz eng zamonaviy qurol aslaha bilan ta’minlangan. Harbiy mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida salmoqli ishlar qilinmoqda. Zobit va askarlarimizning ijtimoiy himoyasi davlatimizning doimiy e’tiborida. Bugun Qurolli Kuchlar safida xizmat qilish har bir o‘zbek yigitining orzusiga aylangan. Eng muhimi, armiyamiz Oliy bosh qo‘mondon va xalqimiz tomonidan qo‘yilgan har qanday jangovor topshiriqlarni bajarishga qodir.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiyadan ko‘rsatilgan nomzodning Saylovoldi dasturida ham xavfsizlik va ochiq, pragmatik faol tashqi siyosat yuritishga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib,  chegaralarimiz xavfsizligi zamonaviy kommunikatsiya vositalari va texnik inshootlarni keng qo‘llash orqali yanada mustahkamlanishi ta’kidlab o‘tilgan.

Uchrashuv davomida so‘zga chiqqanlar, Vatanni mardlar qo‘riqlashini, armiyamiz har qanday tashqi xavf xatarni bartaraf etishga, xalqimizning tinch va farovon hayotini ko‘z qorachig‘idek asrashga qodir ekanini ta’kidladilar.

Yig‘ilish ishtirokchilari barchani O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O’zLiDeP ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdilar.

        O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

vatbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    386
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+