Yoshlar bilan uchrashuvda saylovda ularning ishtiroki muhimligi ta’kidlandi

02.10.2021, 13:32

Yoshlar bilan uchrashuvda saylovda ularning ishtiroki muhimligi ta’kidlandi

Ishonchli vakil va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Buxoro shahrining faol yoshlari bilan suhbatda bo‘lishdi.  Suhbat davomida ularning saylovoldi targ‘ibot uchrashuvlarida ishtiroki muhimligi, tengdoshlari orasida ham ayni xuddi shunday uchrashuvlarni tashkil etish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatdi. Deputatlar ham o‘z o‘rnida nomzodning saylovoldi dasturi bo‘yicha ma’lumotlar berib,  dasturning yoshlar kelajagi uchun xizmat qilishini ta’kidladi, saylovlarda faol ishtirok etishga chaqirishdi.

Navbatdagi uchrashuv esa shahardagi tantanalar zalida o‘tkazildi.  Uchrashuvni kirish so‘zi bilan ochgan ishonchli vakil Samoydin Xusenov saylov, saylash, nomzodning saylovoldi dasturi xususida yig‘ilganlarga ma’lumot berib, saylash har birimizning konstitutsiyaviy huquqimiz ekanligini ta’kidladi,  aynan mana shu huquqdan aholining foydalanish ko‘nikmasini rivojlantirishda targ‘ibot uchrashuvlari ishtirokchilarining o‘rni ahamiyatli ekanligini aytdi.

Uchrashuv davomida so‘zga chiqqan mehmonlar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yurtimizda kutilayotgan eng muhim siyosiy jarayon ekanligini aytib,  ushbu jarayonni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish ko‘p jihatdan saylovchilarga bog‘liqligini bildirishdi. Targ‘ibot uchrashuvi ko‘tarinki kayfiyatda kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi.

Teglar
  • Ko'rildi
    298
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+