Ishonchli vakil Kogon shahrida pedagoglar va tibbiyot vakillari bilan uchrashdi

02.10.2021, 13:33

Ishonchli vakil Kogon shahrida pedagoglar va tibbiyot vakillari bilan uchrashdi

Partiyadan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Buxorodagi ishonchli vakili Samoydin Xusenovning shahardagi “Temiryo‘lchilar” istirohat bog‘ida tuman maktabgacha ta’lim muassasalari, tuman xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash  tizimi xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ishonchli vakil Samoydin Xusenov nomzodning o‘tgan davrida amalga oshirgan ishlariga to‘xtalar ekan, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining tubdan isloh qilinganligi, bolalarni bog‘chaga qamrab olinishining maksimal darajada oshganligini ta’kidladi. Shuningdek, bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalarida yetuk bilim olayotganligi, bog‘cha yoshida bo‘lsada  o‘z ona tilidan tashqari chet tillarini ham yaxshi bilishi mana shu islohotlarning natijasidir. Shuningdek, oktyabr oyi birinchi haftasining “Keksalar haftaligi” deb e’lon qilingani ham mamlakatimizda nuroniylarning naqadar qadrlanishidan darakdir. Turli sohalarda faoliyat yuritib, nafaqaga chiqqan va chiqayotgan faxriylar, yakka-yolg‘iz keksalar, kasalmandlarning birortasi e’tibordan chetda qolmayotgani ham keksa avlod vakillariga berilgan e’tibordir. Maktablar faoliyatiga berilgan e’tibor, maktablarning zamonaviy texnologiyalar va malakali kadrlar bilan ta’minlanganligi, “Prezident maktablari”, “Ijod maktablari”, fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarning bari farzandlarimiz kelajagi uchun qilingan ishlardir. Ayniqsa, oliy ta’lim muassasalariga qabul ko‘rsatkichlarining yil sayin oshishi ham ayni shu ishlarning samarasidir.

Ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturining eng muhim yo‘nalishlarini tahlil qilib, ma’lumot berar ekan, unda ayollar masalasiga, ularning muammosini bartaraf etishga bag‘ishlangan rejalar ko‘pligini aytdi. Ayollar ishsizligining 2 barobarga qisqartirilishi, 10 ming nafardan ortiq ayollarga imtiyozli uy-joylar berilishi - ayollarning oilasida ham jamiyatda ham munosib o‘rniga ega bo‘lishiga zamin yaratadi. Dehqonlarning daromadlarining oshirilishi, ularning faoliyatiga davlatning aralashuviga barham berish ham aholining turmush farovonligini oshishiga xizmat qiladi.

Yangi maktablarning qurilishi hisobiga million nafardan ortiq bolalar uchun o‘qish joyi yaratilishi, o‘qituvchi-pedagoglarning maoshlarini oshirish, 50 taga yaqin oliy ta’lim muassaalarining tashkil etilishi, 100 ming o‘rinli talabalar turar joylarining barpo etilishi esa yoshlar ta’limiga beriladigan imtiyozlardir.

13-maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimi Durdona Hakimova so‘zga chiqib, yoshlarning vakili sifatida nomzodning saylovoldi dasturidan o‘rin olgan rejalardan juda mamnunligini bildirdi. Ta’limga kiritilgan sarmoya har qachon ham o‘z natijasini berishini bildirib, bu imkoniyatlarda unumli foydalanib, o‘z ustida tinmay ishlashi, o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishini ta’kidlab, barchani saylovda partiya nomzodiga ovoz berishga chorladi.

Teglar
  • Ko'rildi
    240
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+