Saylovoldi targ‘ibot tadbirlari eng chekka hududlargacha o‘tkazilyapti
02.10.2021, 13:41

«Inson qadri uchun» shiori ostida aholi o‘rtasida O’zbekiston Respuboikasi Prezidentligiga O’zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi targ‘iboti Farg‘ona viloyati bo‘ylab davom etmoqda.
Ana shunday uchrashuvlardan biri Farg‘ona shahridagi Shodiyona mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavluda Xodjayeva ishtirok etib, Shavkat Mirziyoyevning avvalgi va hozirgi faoliyatining asosiy jihatlarini tahlil qildi, nomzodning saylovoldi dasturidagi asosiy mazmun-mohiyati xususida so‘z yuritdi. Shuningdek, nomzodning «Yangi O’zbekiston Strategiyasi» asarini ham qisqacha sharhlab berdi.
Uchrashuv davomida mahalla faollari so‘z olib amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi chinakamiga inson qadr-qimmati, mamlakat rivoji va ertangi kelajagi uchun xizmat qilayotganligini ta’kidladilar.
Mahalla faxriysi Djura Xadjaqulov so‘zga chiqib kechagi va bugungi O’zbekistonda o‘zi ko‘rgan kechirgan yillari timsolida so‘zlab berarkan, bugungi O’zbekiston uchun nomozdning islohotlari qanchalar muhimligini e’tirof etdi. Saylovoldi dasturidagi har yo‘nalishda oldindagi qudratli mamlakatni tasavvur eta olganini ta’kidladi.
Ko‘tarinki va chinakam vatanparvarlik ruhida o‘tgan uchrashuv so‘nggida saylovchilar o‘zlari tanlagan va Vatan taqdiri uchun munosib nomzodga ovoz berishlarini bildirdilar.
O'xshash yangiliklar
-
O‘zLiDePning navbatdagi event-tadbiri Xorazmda bo‘lib o‘tdi
30.03.2023, 14:11
-
Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqli bo‘ladi
30.03.2023, 12:29
-
Farovonlik, erkinlik, mas’uliyat
30.03.2023, 12:26
-
Yangilanayotgan Konstitutsiya uy-joy huquqini kafolatlaydi
30.03.2023, 12:07
-
Yangilanayotgan Konstitutsiya – xalqimizning farovon hayotining mustahkam huquqiy asosidir
30.03.2023, 12:05
Fikringizni qoldiring