Har bir kunim yutuqlarga asos bo‘ladi
11.10.2021, 10:05
Insonni so‘z quvvatlantiradi, ruhlantiradi. Bu so‘zlar bejizga yoki shunchaki emas. Kuni kecha Shavkat Mirziyoyevning sirdaryoliklar bilan uchrashuvida buni qalbdan his qildim. So‘zga chiqqan chog‘imda rejalarimni so‘zlaganimda mening so‘zlarim sirdaryolik yoshlarning va’dalari singari yangrayotganidan yana bir bor hayajonlandim.
Ayniqsa, nomzodimizning kelgusi yilda viloyatimizni yanada rivojlantirish bo‘yicha saylovoldi dasturida ham qator rejalar, dasturlar amalga oshirilishi aytib o‘tildi. Viloyatimizga 5 milliard dollar ajratilishini va 2000 ta loyiha tayyor, degan gaplari men va men kabi yoshlarni yanada ruhlantirdi. Mana sizga e’tibor va g‘amxo‘rlik. Tadbirkorlik bir kishining ishi yoki maqsadi emas. U ko‘pchilikning boshini biriktiruvchi va rizqini ko‘paytiruvchi soha.
Bugungi kunda bot-bot tilga olinayotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning sonini ishli va ishbilarmonlarga aylantirish uchun ham bu loyihalardan unumli foydalanishimiz, safimizni kengaytirishimiz kerak.
O’zim boshqarayotgan “Wangda Metal” qo‘shma korxonasida 73 nafar yoshlar mehnat qiladi. Ularning ortida oilasi, ota-onasi bor va ular farzandlarining mehnatlaridan manfaatdor. Bu kabi yoshlar yurtimiz taraqqiyotiga, xususan Sirdaryoning nomini ulug‘lashga hissa qo‘shayotganidan minnatdormiz.
Bugun men ham tengdoshlarim singari zamon bilan hamnafas bo‘lishga intilaman. Guliston shahar Kengashning eng yosh deputatiman. Saylovchilarim oldidagi hisobdorligimni har kuni mas’uliyat bilan ado etishga, bilim va malakalarimni oshirishga harakat qilayapman. Buning uchun barcha imkoniyatlardan unumli foydalanayapman va buning uddasidan chiqayapman.
Gulinur ABDULLAYEVA,
Guliston shahar “Wangda Metal”
qo‘shma korxonasi ish boshqaruvchisi,
Xalq deputatlari Guliston shahar
Kengashi deputati
O'xshash yangiliklar
-
Saylovoldi dasturi ijrosi: parlament nazorati va fraksiyalararo raqobat
13.04.2024, 21:48
-
Jizzaxda tomorqalarni ishga solish bo‘yicha 309 ta mahallaga lider tadbirkor – eksportchilar biriktirilishi belgilandi
09.04.2024, 20:28
-
Jizzaxda kechayotgan ulkan o‘zgarishlar Yangi O’zbekistonni qamrab olgan bunyodkorlik jarayoniga munosib hissa bo‘lib qo‘shilmoqda
09.04.2024, 20:26
-
O’zbekiston va Qozog‘iston hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda
09.04.2024, 17:27
-
Yerdan samarali foydalanish - yoshlar bandligi va daromadini oshirishning muhim omilidir
09.04.2024, 17:19
Fikringizni qoldiring