Ishonchli vakil bo‘stonlik saylovchilar bilan muloqot qildi

11.10.2021, 10:48

Ishonchli vakil bo‘stonlik saylovchilar bilan muloqot qildi

O’zLiDePdan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga  nomzodning ishonchli vakili O’ktamjon Axunovning Bo‘ston tumani xotin-qizlari va yoshlari bilan uchrashuvida so‘z olgan partiya viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odinaxon Otaxonovalar 24 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovning nechog‘li muhim, shu bilan birga davlat va jamiyat kelajagini belgilovchi dolzarb qaror ekanligini ta’kidladilar.

Uchrashuvning ko‘tarinki ruh va fayzni o‘zida mujassam etgani qizg‘in e’tiroflaru fikrlar o‘rtoqlashilganda yanada yaqqolroq namoyon bo‘ldi.

Bundan besh yil avval ayni nomzodning andijonliklar bilan saylovoldi uchrashuvi  mazkur tumanda bo‘lib o‘tgani, o‘sha pallada ilgari surilgan tashabbuslar so‘nggi besh yilda amalga oshirilgan Harakatlar strategiyasida aksini topgani asosli va hayotiy xotiralarda ifoda etildi.

Baxtiyorjon Xasanov AQShda istiqomat qiladi. Amerikalik o‘zbek. Uning ayni saylovoldi jarayonlarda Andijonda ekanligi nomzod tashabbuslarini, yaratilgan imkoniyatlarni bir xorijlik vatandoshimiz sifatida e’tirof etishga undagani bejiz emas: “Biz uchun ota yurtga kelib-ketish azob edi. Viza olish mashaqqatlari, navbat kutishlar sog‘inchdan qiynalgan bag‘ri dilimizni yanada ezib yuborardi. Men hech qachon bugungiday erkin kelib-ketish, ikki soatda viza olishni tasavvurimga ham sig‘dirolmasdim. Biroq shukrki, Shavkat Mirziyoyev tomonidan xorijlik o‘zbeklar uchun barcha sharoitlarning yaratilishi men kabi millionlab chet eldagi yurtdoshlarimga kutilmagan baxtni tuhfa etdi. O’zbekistonda yashab turib xorijlik o‘zbeklar uchun qayg‘urish bu insonning tug‘ma xalqparvarligidir!”

Inson qadri, manfaatlari, salomatligi muhofazasi, xavfsizligi, to‘kis baxti uchun jonfido, jonsarak, kuyunchak nomzod faoliyatidan, izchil islohotlaridan nigohlarida rozilik balqigan so‘z olganlar orasida fermeru tadbirkor, pedagogu ilk bor saylovda qatnashayotgan yoshlar vakillari ham bo‘ldi. Munosib nomzod tanlovining ta’kidlangani ishonchli vakil boshchiligidagi partiya mutasaddilari va faollarini mamnun etdi.

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    295
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+