Ishonchli vakil “Pichoqchi Dry Fruits” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi

14.10.2021, 19:59

Ishonchli vakil “Pichoqchi Dry Fruits” MChJ  faoliyati bilan yaqindan tanishdi

O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatidagi Ishonchli vakili Rustam Xolmurodov Oqdaryo tumanida saylovchilar bilan uchrashuv jarayonida tumandagi “Pichoqchi Dry Fruits” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur MChJ rahbari Tolibxon Abdumajidov qaryib, 20 yildan buyon yong‘oq mahsulotlarini chaqib, qayta ishlaydi va oldi sotdisi bilan shug‘ullanadi. Mamlakatimizda ishbilarmonlarning mahsulotlarini chetga eksport qilishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgach, Tolibxon aka  2017 yil aprel oyida “Pichoqchi Dry Fruits” MChJ firmasini ochdi. Qahramonimiz bugungi kunda yong‘oqlarni chaqib, mosh, loviya, no‘xat kabi  dukkakli mahsulotlarni quritib, qadoqlab xorijga eksport qilmoqda. Uning Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlarda hamkorlari bor. U har yili 1mln 500 ming AQSh dollarlik quriq meva mahsulotlarni xorijga eksport qilmoqda. Bugungi kunda korxonada 30 nafardan ortiq doimiy, 100 nafarga yaqin mavsumiy ishchi o‘rinlari yaratilgan.

-  Ilgarilari yong‘oq biznesi bilan shug‘illansakda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijga eksport  qila olmaganmiz. Chunki bunga ruxsat yo‘q edi. Shavkat Mirziyoyev birinchi o‘rinda tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratdi. Shu imkoniyatdan foydalanib qisqa vaqt ichida faoliyatimizni kengaytirdik, ishchi o‘rinlarini tashkil qildik. Endilikda “Pichoqchi Dry Fruits” MChJ MChJ logistika markazini ham yo‘lga qo‘ymoqchimiz, - dedi Tolibxon Abdujalilov.

Tadbirkor o‘zining barcha yutuqlarini keyingi 5 yilda mamlakatimizda yaratilgan imkoniyatlar bilan bog‘lar ekan, 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

O’zLiDeP  Samarqand viloyat Kengashi

 matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    378
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+