Inson qadr-qimmatini ulug‘lash tamoyilini xalqimiz mamnuniyat bilan qabul qildi

28.10.2021, 16:28

Inson qadr-qimmatini ulug‘lash tamoyilini xalqimiz mamnuniyat bilan qabul qildi

Saylovda “Inson qadri uchun” g‘oyasining ilgari surilgani xalqimiz tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi. Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi strategik dasturi mazmun-mohiyatini aks ettirgan bu g‘oya orqali fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoyalash, inson qadr-qimmatini ulug‘lash yurtimizda katta ahamiyat qaratiladi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod  Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan ishonchli g‘alaba qozongani va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani xalqimizning bildirgan yuksak ishonchlarining namunasi deb bilaman.

Albatta, xalqimiz saylovda mamlakatimizning yorqin kelajagi uchun ovoz berdi. Hamjihatlik, uyushqoqlik va siyosiy-huquqiy madaniyatini to‘la namoyon etdi. Chunki 5 yil davomidagi izchil islohotlar O’zbekistonni yangi va to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganini, bu yo‘l istiqbol yo‘li, taraqqiyot va yuksalish yo‘li ekanini xalqimiz yurakdan his qilib turibdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘lboshchiligida Yangi O’zbekistonni barpo qilish yo‘lidagi barcha sa’y-harakatlarimiz o‘zining samarasini beradi,  yangi Renessans poydevorini qurishda xalqimiz bilim, salohiyat va aql-idrokini to‘la namoayon etadi, deb ishonaman.

  Mavluda IBRAGIMOVA,

  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi.

  • Ko'rildi
    265
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+