Turkiy tilli davlat hamkorligi shu davlatlar ravnaqiga xizmat qiladi

11.11.2021, 16:23

Turkiy tilli davlat hamkorligi shu davlatlar ravnaqiga xizmat qiladi

Bu sammitning nomidanoq sezilib turibdiki, bir-biriga yaqin, qadrdon va maslakdosh xalqlarning o‘zaro hamkorligini hamda shu xalqlarning tilini, madaniyatini, ma’rifatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Prezidentimizning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik  Kengashining Turkiyaning Istambul shahrida o‘tkazilayotgan navbatdagi sammitida ishtirok etishini eshitganimda tili, dini, madaniyati, dunyoqarashi hamda urf-odatlari bir-biriga yaqin davlatlarning bu hamkorligi bardavom bo‘lishiga ishonchim yanada ortdi. Chunki bugungi kunda Kengashga O’zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zo hisoblansa,  Vengriya va Turkiy kuzatuvchi maqomiga ega.

Men aminmanki, Istambul uchrashuvi ham tashkilot a’zolari azaldan avlod-ajdodlari, ota-bobolari e’zozlab kelgan do‘stlik rishtalarini yanada bardavom bo‘lishiga xizmat qiladi. Binobarin, birlashgan, bir-birini qo‘llagan va bir musht bo‘lib harakat qilgan davlatlar albatta, iqtisodiyotda ham, ijtimoiy hayotda ham katta muvaffaqiyatlarga erishadi.

Albatta, tili bir-biriga o‘xshash xalqlarning qalbi ham bir-biriga yaqin bo‘ladi. Dunyoda turkiy tilli xalqlar paydo bo‘lganida ularning manzil-makoni bir-biriga tutash bo‘lgan, bir-biri bilan quda-anda, bordi-keldi qilishgan. Bugun bebaho qadriyati va o‘zligini namoyon etuvchi turkiy til  yanada birlashtirib turibdi. Ana shu birlik va jipslikni yanada mustahkamlashda Turkiy tilli davlatlar hamkorligining ahamiyati juda beqiyos.

Dilbar Usmonova,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi.

  • Ko'rildi
    218
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+