2022 yil davlat budjetida Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish uchun zarur sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan

18.11.2021, 15:19

2022 yil davlat budjetida Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish uchun zarur sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan

Shu kunlarda “2022 yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida muhokama qilinmoqda.

Etiborga molik jihati mablag‘larning taqsimlanish yo‘nalishlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqida belgilangan “Yangi O’zbekiston Tarqqiyot strategiyasi”da belgilangan maqsad va g‘oyalariga to‘laqonli mosdir. Shu manoda aytish mumkinki, 2022 yil davlat budjetida Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish uchun zarur sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Bunda birinchi navbatda barcha sohalarga ilm-fan yutuqlarini joriy etishga etibor karatiladi. Zero davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda,  “Yurtimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish uchun bizga zamonaviy ilm va yana bir bor ilm, tarbiya va yana bir bor tarbiya kerak.”

Bu so‘zlarning asosi sifatida maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish uchun, ya’ni subsidiyalar uchun 1,5 trln.so‘m ajratilishi farzandlarimizni bog‘cha yoshidan boshlab mukammal tarbiya olish imkonini beradi.

Bundan tashqari, 2022 yilda maktablarimizni internet tarmog‘iga ulash uchun 152 mlrd.so‘m (2021 yilda 98 mlrd.so‘m) va Respublika maqsadli kitob jamg‘armasiga 605 mlrd.so‘m (133,4 mlrd.so‘m) ajratilganligi belgilangan g‘oyaning moliyaviy manbasi hal etilganligidan dalolat beradi.

Oliy ta’lim sohasida talabalar turar joylarini barpo etish uchun davlat-xususiy sherikligi loyihalariga 180 mlrd.so‘mga yaqin subsidiyalar ajratilishi bir necha o‘n yillar davomida muammo bo‘lib kelgan “yotoqxona”, “kvartira”lar masalasini adolatli yechimi bo‘ldi.

Talabalarimiz amaliyotlarini samarali tashkil qilish, muntazam qatnashishlarini ta’minlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga amaliyot o‘tash vaqtida bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobari miqdorida har oylik subsidiyalar berilishi Uchinchi Renessans poydevorini qurish uchun dadil kadam tashlanayotganini ko‘rsatmokda.

Baxtiyor Ruxitdinov,

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi

Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    406
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+