Deputat Oltiariqda “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi
30.11.2021, 12:14

Deputat – xalq vakili. U odamlar dardini tinglash, xalqning mehrini qozonish, ishonchini oqlash uchun saylangan. Ular xalq vakili sifatida xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilishi kerak. Albatta, saylovchilar bilan ochiq muloqot yo‘lga qo‘yilgan joyda muammo bo‘lmaydi, farovonlik hukm suradi, o‘zgarish bo‘ladi, muhimi fuqarolar hayotdan rozi bo‘ladi.
Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z saylov okruglarida bo‘lib saylovchilar bilan uchrashmoqdalar. Joylardagi muammolarning ijobiy yechim topishiga ko‘maklashilmoqda.
Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi Bahrom Rahmonaliyev shu kunlarda oltiariqlik saylovchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Deputat Oltiariq tumanidagi «Obod mahalla» Dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Yangiarab mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi. Dastur ijrosi hamda ijtimoiy ob’ektlar holati o‘rganildi, saylovchilar bilan muloqotlar bo‘ldi.
Yuzma-yuz muloqotlarda Yangiarab MFY hududidagi elektr ta’minoti borasida bir qator muammolar borligi aniqlandi. Xususan, eskirgan simyog‘ochlarni yangisiga almashtirish ishlari haligacha amalga oshirilmagan. Deputat «Obod mahalla» dasturi ijrosini nazoratga oldi.
Shuningdek, Bahrom Rahmonaliyev O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Oltiariq tumanidagi qabulxonasida 1-sektordagi 8 mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda hududlardagi toza ichimlik suvi, kanalizatsiya, elektr energiyasi bilan bog‘liq 15 ga yaqin masalalar ko‘tarildi. Ushbu masalalar yechimi bo‘yicha deputat tomonidan tegishli vazirliklarga deputatlik so‘rovi chiqariladigan bo‘ldi.
Xalq vakilining hududdagi o‘rganishlari davom etmoqda.
Shohsulton To‘xtamatov,
O’zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi
matbuot kotibi.
O'xshash yangiliklar
-
Faqat sog‘lom va barkamol millatgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi
02.06.2023, 16:59
-
Xalq manfaatlari qonunlarda aks etmoqda
22.05.2023, 19:10
-
O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi rivojida yangi davr boshlanmoqda
20.05.2023, 13:12
-
Kambag‘allikni qisqartirishda yangi dastur ishlab chiqildi
16.05.2023, 17:04
-
Energiya ta’minotida burilish davri boshlanmoqda
15.05.2023, 17:43
Fikringizni qoldiring