Deputat mahallalarda yig‘ilib qolgan muammolarni birma bir ko‘zdan kechirdi

30.11.2021, 12:22

Deputat mahallalarda yig‘ilib qolgan muammolarni birma bir ko‘zdan kechirdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil1 fevraldagi 46-son “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari majmualarini tashkil etish bo‘yicha 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan manzilli dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi holati joylarga chiqib o‘rganilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdulla Ruzmetov ham Urganch shahridagi “Tadqiqotchilar” mahallasida bo‘lib, partiya viloyat kengashi xodimlari bilan o‘rganish olib bordi. Mazkur mahalla binosi yo‘qligi bois ko‘p yillar turli tashkilotlarda ijarada turib faoliyat yuritib kelgan. Yaqinda mahalladagi tadbirkor tashabbusi bilan mahalla binosi qurilish ishlari boshlab yuborildi. Hozirda qurilish-mantaj ishlari yaqunlanish  arafasida turibdi. 

Deputat tashrifidan mamnun bo‘lgan mahalla faollari aholini qiynab kelayotgan bir qator masalarni o‘rtaga tashlab xalq noyibidan amaliy yordam so‘radilar. Xususan, mahallaning 8,8 km ichki yo‘llari ta’mirtalab ahvolda. Ayrim ko‘chalarda tungi yoritish chiroqlari yo‘qligi sababli fuqarolar kechki payt harakatlanishda qiynaladilar. Mazkur mahallaning Oltinsoy ko‘chasida yashovchi fuqarolar elektr simlarini qo‘lbola usulda tortib o‘zlarining mablag‘lari hisobidan simyog‘ochlarni o‘rnatganlar. Ammo bu holatni hayot uchun xavfsiz deb bo‘lmaydi. Xalq vakili mazkur ko‘chadagi simyog‘ochlar holatini joyiga borib o‘rgandi, aholi vakillari bilan muloqot qildi.

-Elektr simlari tarnovlarga juda yaqin turibdi. Yomg‘ir yog‘sa, shamol bo‘lsa qo‘rqib turamiz. Negaki, bu simlar tarnovga tegib elektr o‘tkazuvchanlikni keltirib chiqaradi. Bu esa bolalarimiz va insonlar hayoti uchun havfli. 2019 yildan buyon bu muammoni hal qilish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilamiz. Lekin har safar dasturga kiritamiz degan quriq va’dalar eshitib kelamiz, - deydi mahalla raisi Rimboy Matquliyev.

Deputat A.Ruzmetov shu joyning o‘zida shahar hoimi va viloyat elektr tarmoqlari korxonasi mas’ullariga telefon orqali bog‘lanib mazkur muammoni ijobiy hal qilish choralarini ko‘rdi.  

Oltinsoy ko‘chasida faqatgina simyog‘ochlar bilan bog‘liq muammo emas. Qish kelishi bilan bu ko‘chada harakatlanishi qiyin. Yomg‘ir qor yog‘sa yer tuproq bo‘lgani bois loy, ko‘lmaklar hosil bo‘lib o‘quvchilarning maktabga, fuqarolarning ishga  harakatlanishlarida qiyinchiliklar yuzaga keladi.

Xalq noyibi Oltinsoy, Umid va shunga o‘xshash ko‘chalarning muammolarini shahardagi mutasaddilar bilan birgalikda birinchi navbatda hal qilish choralarini ko‘rishini bildirdi.

Umid qilamizki deputatimiz sa’y-harakatlari o‘z natijasini beradi. Mazkur mahalladagi muammolarning hal etilishi bilan bog‘liq jarayonlarni yoritib boramiz.

Nasiba Vaisova,

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    225
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+