Hokimlar saylanishi kerak

02.12.2021, 16:00

Hokimlar saylanishi kerak

Joriy yilning 6 noyabr kuni davlatimiz rahbari Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisida “Agar dunyo tajribasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, tub burilish davrida ko‘pgina davlatlarda konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilganini ko‘ramiz. Shu sababli, avvalo, senator va deputatlarimiz, keng jamoatchiligimiz, xalqimiz bilan yana bir bor maslahat qilib, jahon konstitutsiyaviy tajribasini o‘rganib, puxta o‘ylagan holda bugungi va kelgusi taraqqiyotimizni belgilab beradigan Asosiy qonunimizni takomillashtirish masalasini ham ko‘rib chiqishimiz kerak”, deya ta’kidlagan edilar.

Haqiqatan ham Konstitutsiya – dinamik, ya’ni doimiy harakatdagi, o‘sish va rivojlanish jarayonidagi hujjatdir. Shu ma’noda u hayot jo‘shqinligi va o‘zgarishlarini o‘zida aks ettirishi tabiiy.

Gap Konstitutsiyamizga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida ketayotgan ekan yana bir gapni aytib o‘tish joiz. Shavkat Mirziyoyevning o‘tkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida xalqimiz tomonidan 140 dan ziyod taklif bildirdi. Ular orasida qonunchilikka, xususan, Bosh qomusimizning ayrim moddalariga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritishga qaratilgan takliflar bor.

Fikrimcha, shular asosida Prezidentimiz lavozimga kirishish tantanali marosimdagi ma’ruzasida “Rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, jamiyat va davlat boshqaruv tizimi ayrim rahbarlarning sub’ektiv nuqtai nazariga, sodda qilib aytganda, ularning qosh-qovog‘iga qarab emas, aksincha, mustahkam huquqiy mezonlarga ega bo‘lgan institutlar faoliyati orqali amalga oshirilishi zarur.

Bu borada oldimizda turgan yana bir muhim masala – xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamda hokimlarning vakolatlarini aniq belgilashga oid qonuniy asoslarni yaratish vaqti keldi”, deb o‘ylayman degandi.

Demak, konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilarkan, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamda hokimlarning vakolatlarini aniq belgilash masalasi ham e’tibordan chetda qolmaydi.

Zotan, bugun davr shitobi, taraqqiyotning ayni pallasi shuni talab etmoqda. Ya’ni, endi hokimlarni saylash vaqti kelyapti. Bu o‘zgarishga biz, siyosiy partiyalar ham, rahbarlarimiz ham, xalq ham tayyor bo‘lishimiz kerak.

Ilhom Botirov,

O’zLiDeP Samarqand viloyat kengashi

raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari.

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    311
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+