To‘kinlik va farovonlik ijodkorlari – bobodehqonlarni har qancha izzat qilsak, ulug‘lasak arziydi

14.12.2021, 10:20

To‘kinlik va farovonlik ijodkorlari – bobodehqonlarni har qancha izzat qilsak, ulug‘lasak arziydi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017 yildan buyon mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni keng nishonlanyapti. Mazkur sanada agrar soha vakillarini qutlash, har jihatdan rag‘batlantirish, mashaqqatli mehnati samaralarini e’tirof etish xayrli an’analarimizdan biriga aylandi. O’tgan bir necha kun mobaynida yurtdoshlarimiz qishloq xo‘jaligida mehnat qiluvchilarni qanchalik e’zozlashi, hurmat qilishiga yana bir bora guvoh bo‘ldik – respublikamiz bo‘ylab ushbu sanaga bag‘ishlangan turli tadbirlar bo‘lib o‘tdi. E’tiborlisi, partiyamiz faollari ham shu munosabat bilan talay  muloqotlar, uchrashuvlar o‘tkazdi. Zero, dehqon va fermerlar asosiy elektoratimiz vakillaridir.

Issig‘u sovuqni pisand qilmay, dalalarda tinimsiz ter to‘kayotganlarni har qancha e’zozlasak, hurmat qilsak arziydi. Dasturxonimizdagi, bozorlarimizdagi fayzu barakada yerga mehr berib, zahmatli mehnat evaziga rizq undirayotgan dehqon-fermerlarimizning hissasi nechog‘li salmoqli ekani barchamizga yaxshi ma’lum. Davlatimiz rahbarining shu yil 11 dekabr kuni e’lon qilingan O’zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlariga bayram tabrigida, jumladan, quyidagi raqamlar tilga olingan: “Bu yil respublikamiz bo‘yicha 20 million tonnadan ortiq meva-sabzavot, 7,4 million tonnaga yaqin don, 3,4 million tonnadan ziyod paxta xom ashyosi, 23 ming tonna pilla, 2,6 million tonna go‘sht, 11 million tonnadan ortiq sut mahsulotlari, 8,3 milliard dona tuxum, 400 ming tonna baliq yetishtirilgani yil bo‘yi tunu kun qilingan mashaqqatli mehnatning munosib samarasidir”.

Keyin besh yilda  qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan tub islohotlar dehqonlarimiz, fermerlarimizning nechog‘li iste’dodli, salohiyatli ekanini yana bir karra yaqqol namoyish etdi. Yangi O’zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasi rivojini yangi bosqichga ko‘tarish va uni kompleks modernizatsiya qilish, sohaga innovatsion texnologiyalar, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini, klaster tizimini keng joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar kutilgan samaralarni bermoqda.

Partiyamiz esa bundan buyon ham o‘z elektorati vakillari – agrar soha vakilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan ishlarni izchillik bilan davom ettiradi, ularga tom ma’noda yelkadosh, madadkor bo‘laveradi.  

Sherzod Mamatqulov,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

rais o‘rinbosari – apparat rahbari

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    243
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+