Deputat yordamchilari o‘qitilyapti

16.12.2021, 15:39

Deputat yordamchilari o‘qitilyapti

Xabaringiz bor, “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining yordamchisi lavozimi joriy etildi.

Unga ko‘ra, O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining partiya bilan aloqasini saqlab turish hamda saylov okrugidagi faoliyatini samarali tashkil etish uchun har bir deputatga bir nafardan jami 53 nafar yordamchi suhbat asosida tanlab  olindi.

Ta’kidlash kerakki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati yordamchisi aynan shu noib saylangan hududlarda bevosita aholi bilan muloqotda bo‘ladi. Bunday qarorga kelinish sababi, deputatlarning har doim ham o‘zi saylangan okruglarda muntazam bo‘lish imkoniyati yo‘qligi bilan bog‘liq. Ya’ni fuqarolar kerakli paytda ularga murojaat qilib, o‘zlarini o‘ylantirayotgan turli muammolarni ijobiy hal etishlari mushkul edi. Endi esa bu noqulaylik deyarli bartaraf etilishiga ishonch bor.

Deputat yordamchisi fuqarolar murojaatlari bilan, shuningdek biznes tuzilmalar, tadbirkorlik sub’ektlari, turli korxona va tashkilotlar bilan samarali ishlash mexanizmini yo‘lga qo‘yishda asosiy vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Buning uchun esa tanlangan nomzod o‘z vazifalaridan tashqari, faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha qonunchilikni bilishi, axborotni tahlil qila olish va umumlashtirishi, rasmiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, deputat tomonidan berilgan topshiriqlarni vaqtida bajara olish kabi imkoniyatlarga ega bo‘lishi talab etiladi.

Ayni paytda O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi hamkorligida tashkil etilgan o‘quv seminar esa deputat yordamchilar uchun ayni shu jihatlarni o‘rganishga ko‘maklashmoqda. Uch kun davom etadigan o‘quvlarda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida ularning faol ishtiroki, Prezidentimizning qaror va farmonlari hamda barcha jabhalarda belgilangan dolzarb maqsad-vazifalar ijrosini ta’minlashda O`zLiDePning o‘rniga oid bilim-malakalar tahlil etiladi, mahorat darslari tashkil etiladi.

O’quv-seminar davomida deputatning partiya, uning tegishli saylov okrugidagi hududiy bo‘limi hamda saylovchilar bilan samarali aloqa o‘rnatishiga ko‘maklashish, saylov okrugida jismoniy va yuridik shaxslardan deputat nomiga kelib tushgan murojaatlarni ro‘yxatga olish, shuningdek deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlari hamda boshqa tadbirlarni tashkil etishga ko‘maklashish, saylov okrugi hududida deputatning vakolatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish bo‘yicha mahorat darslari tashkil qilinmoqda.

O`zLiDeP matbuot xizmati

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    629
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Mallayev Avazbek2021-12-21 12:10:01

Deputat yordamchisi lavozimiga nomzodlar qay tartibda saralab olindi.Suxbat asosida deb o‘tildi,Bu borada ham shaffoflikni yo‘lga qo‘yilsa yaxshi bo‘lardi.Ushbu amalyot davlat ishlarida Qarindosh uruqchilik munosabatlarining nisbatan kamayishiga olib keladi degan umitdaman.


Fikringizni qoldiring

+