Ona tilim o‘lmaydi

18.10.2023, 17:36

Ona tilim o‘lmaydi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda “Tilga e’tibor – elga e’tibor” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda partiya faollari, Yoshlar parlamenti a’zolari, yozuvchi va shoirlar, soha mutaxassislari ishtirok etdi.

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G’ayrat Majid, O’zbekiston xalq shoiri, senator Mahmud Toir, O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “XXI asr” gazetasi bosh muharriri Norqobil Jalil, O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod va boshqalar o‘zbek tilining jozibasi, davlat tili sifatida nufuzi va mavqeini xususida so‘zladi.

Ta’kidlanganidek, istiqlol yillarida ona tilimiz tom ma’noda davlat tiliga aylandi, nafaqat yurtimiz, xalqaro minbarlarda ham baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga e’tibor va o‘rganishga qiziqish kuchaymoqda.

Davra suhbatida davlat tilini xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari, xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun darsliklar va elektron dasturlarni ishlab chiqish, o‘rgatish bo‘yicha maxsus kurslarni tashkil etish joizligi bildirildi. Ushbu masalalar atroflicha muhokama qilindi va fikr-mulohazalar bildirildi.

Nasimjon ALIMOV,

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi

Siyosiy ta’lim markazi rahbari

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    95
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+