Yangi tahrirdagi Konstitutsiya o‘qitilmoqda, o‘rganilmoqda

05.09.2023, 16:36

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya o‘qitilmoqda, o‘rganilmoqda

Ma’lumki, yangi tahrirdagi konstitutsiyamiz Yangi O’zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslari, davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Prezidentimizning 2023 yil 8 maydagi  “Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ushbu muhim hujjat talablariga so‘zsiz va to‘liq amal qilish, davlat organlari faoliyatini yangicha yo‘lga qo‘yish, fuqarolar buni o‘z hayotida his etishini ta’minlash maqsadida qabul qilindi. Unda bosh qomusimizdan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Ularni bajarish yuzasidan barcha tuzilmalarga topshiriq yuklandi.

Xo‘sh, mazkur topshiriqni ijro etishga mamlakatimizdagi yetakchi siyosiy partiya – O‘zLiDePning ishtiroki qanday?

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi, O’zbekiston tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi o‘zaro hamkorlikda tashkil etilgan davra suhbatida ana shular xususida suhbatlashildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari, partiya hududiy kengashlari, deputatlik guruhlari a’zolari, BPT mas’ullari, olim va ekspertlar ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, farmonda qonunchilikni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish, uni amalga oshirish jarayonini axborot-tahliliy, ilmiy-ekspertlik jihatidan ta’minlash ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha choralar ham ko‘rsatildi. Hujjatni o‘rgatish bo‘yicha zamonaviy metodika asosida darsliklar, o‘quv qo‘llanma va maxsus adabiyotlarni yaratish topshirildi.

Hujjatda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarlar tashkil etish kabi qator vazifalar siyosiy partiyalar hamda ularning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari zimmasiga yuklatildi, – dedi O‘zLiDeP Siyosiy ta’lim markazi rahbari Nasimjon ALIMOV. –  Bu borada partiya va uning hududiy kengashlari tomonidan talay ishlar bajarildi. Xususan, joylarda “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!”, “Yangi Konstitutsiya bilan umummilliy taraqqiyot sari!” shiorlari ostida ma’naviy-ma’rifiy seminar va o‘quvlar tashkil qilindi.  “Siz Konstitutsiyani bilasizmi?” mavzusidagi viktorina o‘tkazildi. Kelgusida bunday tadbirlar yanada keng davom ettiriladi.

Shu bois ishtirokchilardan mazkur sa’y-harakatlarni yanada samarali davom ettirish  yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi. Ularning taklif va xulosalari inobatga olinib, kelgusi faoliyatda qo‘llanilishi e’tirof etildi.

Nurxon ELMIRZAYEVA,

XXI asr muxbiri

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    365
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+