Baliqchilikning rivojlantirilishi oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi

22.12.2021, 14:57

Baliqchilikning rivojlantirilishi oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi

Keyingi besh yil mobaynida mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini va eksport salohiyatini oshirishga bo‘lgan yondashuv mutlaqo o‘zgardi, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Bu bejiz emas, albatta. Oziq-ovqat xavfsizligi masalasi barcha davlatlar qatori O’zbekistonning ham mustaqilligi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy barqarorligini ta’minlash garovi hisoblanadi. Yurtimizda bu yo‘nalish dolzarbligini yo‘qotmagan. Negaki, oziq-ovqat mahcylotlapiga bo‘lgan talab oshyapti, aholi coni o‘sishi tufayli  icte’mol ham ko‘paymoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 20 dekabr kuni oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, bu boradagi ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida baliqchilik sohasini rivojlantirish va kooperatsiya asosida baliq yetishtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash sohasida moliyaviy masalalar hal qilinib, barcha imkoniyatlar yaratib berilganiga qaramay, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda kamchiliklar saqlanib qolayotganiga e’tibor qaratdi.  Ko‘rsatilgan muammolarni bartaraf etish, o‘z hududida zarur oziq-ovqat mahsulotlarining yetarli zaxirasini shakllantirish va narxlar barqarorligini ta’minlash barcha darajadagi hokimlarning diqqat markazida bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda baliqchilik tarmog‘idagi yutuq va kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi. Mazkur yo‘nalish samaradorligini oshirish, uni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni hal qilish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi. Xususan, tarmoqda klasterlar va kooperatsiya tizimini rivojlantirish rejalari ko‘rib chiqilib, bu borada mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Unga ko‘ra kelgusi yilda baliq yetishtirish hajmi 600 ming tonnaga yetkaziladi. Kelgusi yilda 10 mingta xonadonda intensiv baliq yetishtirish, xonadonlarda kooperatsiya asosida yiliga 80 tonnadan ortiq baliq yetishtirgan klasterlar uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod etilishi, uyida baliq yetishtiruvchilar uchun “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida kredit miqdori 2 barobarga oshirish va kelgusi yilda 400 milliard so‘m yo‘naltirish, baliq yetishtiruvchi xonadon egalari uchun yer va mulk soliqlari 50 foizga kamaytirilib, ular o‘zini o‘zi band qilgan aholi toifasiga o‘tkazilishi ko‘rsatib o‘tildi.

Prezidentimizning har bir tarmoq, yo‘nalishga alohida e’tibor qaratayotgani, ularni rivojlantirishga bosh-qosh bo‘layotganini mamnuniyat bilan ta’kidlash lozim. Zero, bir tarmoq samaradorligining ortishi o‘z navbatida, boshqa tegishli jabhalarning ham rivojlanishiga, turli iqtisodiy-ijtimoiy masalalar yechimi topilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.   

Barno MIRZAMOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

  • Ko'rildi
    251
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+