Jomboy tumanida deputat va yoshlarning ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi

08.01.2022, 12:08

Jomboy tumanida deputat va yoshlarning ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan Jomboy tumanida deputat va  faol yoshlarning amaliy muloqoti tashkil etildi.

Tadbirda partiyaning yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, xususan “Yoshlar qanoti” guruhi faoliyatini yanada jonlantirish, guruh a’zolari tarkibiga shijoatli, yangicha fikrlaydigan, tashabbuskor yoshlarni jalb etish, partiyaning yoshlar yo‘nalishidagi amaliy tadbirlari va loyihalarini tumanda samarali tashkil etish, yoshlarning deputatlar bilan yaqin hamkorligini kuchaytirish borasidagi qator masalalar muhokama qilindi.

Muloqotda “Yoshlar qanoti” guruhi a’zolari va tuman Kengashi deputatlarining hamkorlikdagi faoliyatini kuchaytirish borasida qator takliflar bildirildi. 

Tadbirda bir guruh yoshlar partiya a’zoligi safiga qabul qilinib,  tashkiliy masala ko‘rildi. O’zLiDeP Jomboy tuman Kengashi “Yoshlar qanoti” guruhi rahbarligiga partiya faoli Gulyamov Akmal Xamroqulovich bir ovozdan saylandi.

  • Ko'rildi
    558
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+