“Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarning murojaatlari o‘rganildi

20.01.2022, 15:32

“Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarning murojaatlari o‘rganildi

“Bir deputat yuz ayolga ko‘makchi” loyiha doirasida Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Erkin Abdullayev “Kadan” mahallasida saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda xotin–qizlar bir qator muammolar bilan murojaat qilgan edi.

Mazkur murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi va ayniqsa “Ayollar daftari”da bo‘lgan xotin-qizlarga ko‘mak berildi.

- Yurtimizda xotin-qizlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ishsiz ayollar bandligini ta’minlashning yangicha tizimi sifatida yo‘lga qo‘yilgan “Ayollar daftari” ham aholi turmush faravonligini oshirish yo‘lida katta ijtimoiy dastur sifatida ko‘plab oilalarga quvonch ulashmoqda,  – deydi O’zLiDeP tuman Kengashidagi “Ayollar qanoti” guruhi a’zosi Shoira Chuliyeva.

Tadbirda xotin-qizlarning siyosiy bilim darajasini oshirish maqsadida partiya ustav dasturida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

  Marxabo Chuliyeva,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    461
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+