Amudaryodagi tomorqa xizmatlari faoliyati o‘rganildi

21.01.2022, 16:00

Amudaryodagi tomorqa xizmatlari faoliyati o‘rganildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xaitov tomorqa yer egalarining faoliyati bilan yaqindan tanishish va ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish, hal qilishda amaliy yordam berish maqsadida Amudaryo tumanida bo‘ldi. 

Dastlab Spiker o‘rinbosari ishtirokida «Amudaryo  tomorqa xizmati» MChJ da seminar tashkil etildi.  

Seminarda A.Xaitov  tomorqa  xizmati faoliyati va  yaratilgan  ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishdi. Issiqxonalar, oziq-ovqat saqlash omborxonalari faoliyati,  parranda,  qo‘y, echki va mol chorvachiliklari va ularning bosh sonini  ko‘paytirish  va aholiga imtiyozli ravishda tarqatish bo‘yicha muhokamalar qilindi.

Mazkur “Amudaryo tomorqa xizmati” MChJ faoliyati O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyundagi qaroriga muvofiq klaster usulida tashkil etilgan.  Loyiha qiymati  6,5 mlrd so‘m, shundan  Kengash huzuridagi jamg‘armadan 5 mlrd so‘m kredit ajratilgan. Tomorqachilarga 12 turdagi xizmat ko‘rsatishi belgilangan klasterda  350 ta doimiy va mavsumiy ish o‘rni yaratilgan.

Ta’kidlash  kerakki,  yerdan  unumli va oqilona foydalanish dehqonchilikda muhim ahamiyat kasb etadi. O’z ishining  ta’limini olgan dehqon borki, albatta, bu jihatning samarasini yaxshi biladi. Yerni bo‘sh qoldirmaslik, mavsumiy,  iqlim sharoitiga mos ekinlarni ekib, takroriy  hosil  olish harakatida bo‘ladi.

Partiya yetakchisi tomorqa yerlardan unumli foydalanish, tomorqani haqiqiy daromad manbaiga aylantirishga katta hissa qo‘shayotgan mazkur klasterning bugungi kunda samarali faoliyat olib borayotganini ta’kidlab o‘tib, tomorqachilikni  yanada  rivojlantirish bo‘yicha o‘zining bir qator taklif va  tavsiyalarini berib o‘tdi.

Spiker o‘rinbosari Aktam Xaitov tumanga safari davomida namunali mahalla “Gulzor” MFY da ham bo‘lib, aholi tomorqalardan samarali foydalanish holatlarini ko‘zdan kechirdi.

Tomorqalarda tashkil etilgan issiqxonalarda ekilgan ekinlarning  parvarishi bo‘yicha takliflar berildi. Seminar davomida aholini band qilishda rejalashtirilayotgan parranda boqish, naslli qo‘y-echki boqish, ixcham issiqxonalar qurish va asalarichilik bilan shug‘illanish singari masalalar muhokama qilindi.        

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    305
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+