Hayotbaxsh taraqqiyot strategiyasini yuzaga chiqarishda jipslashaylik

02.02.2022, 16:54

Hayotbaxsh taraqqiyot strategiyasini yuzaga chiqarishda jipslashaylik

Ma’lumki, kuni kecha O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasining kengaytirilgan qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Yangi O’zbekistonning yettita ustuvor yo‘nalish va 100 ta maqsaddan iborat bo‘lgan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonidan kelib chiquvchi O’zLiDeP va partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi oldida turgan dolzarb vazifalar to‘g‘risidagi partiya hayotida o‘ta muhim bo‘lgan masala ko‘rib chiqildi.

Bu borada tegishli qaror qabul qilindi. Shunga ko‘ra, partiya Toshkent viloyat Kengashi ham mazkur qarordan kelib chiquvchi vazifalar yuzasidan o‘zining ish faoliyatini samarali, tizimli yo‘lga qo‘yishni ustuvor maqsad qilib belgiladi.

Viloyat ishchi guruh tuzilib, qisqa muddatda Yo‘l xaritasi ishlab chiqilmoqda.

Shuningdek, ushbu davlat dasturi ijrosini ta’minlash, bunda deputatlik nazoratini tizimli yo‘lga qo‘yish, viloyatda tuzilgan ishchi guruh faoliyatini muvofiqlashtirish, farmonda belgilangan vazifalar yuzasidan partiya tashkilotlarining barcha bo‘g‘inlari ish rejalarini qayta ko‘rish, deputatlik guruhlari va BPT, partiya faollari bilan maqsadli ishlarni tashkil etish ishlari boshlab yuborildi.

Partiya tomonidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ning “Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash” bandi yuzasidan 30 ga yaqin viloyat partiya tashkilotlari faollari, deputatlar tomonidan takliflar berildi.

Jumladan, Olmaliq, Angren shaharlari va Ohangaron tumanida yirik mis klasterlarini tashkil etish, Toshkent viloyatining Bo‘ka, Piskent, Toshkent, O’rtachirchiq tumanlari hamda Angren, Bekobod va Chirchiq shaharlarida “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi” hamda kichik sanoat zonalarini tashkil etish singari takliflar shular jumlasidandir.

Viloyatda aholining keng qatlamlari orasida Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasini keng ko‘lamda targ‘ib qilib, o‘qishlar tashkil etishda partiya tashkilotlari, deputatlar, partiya va mahalla faollaridan iborat qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik guruhlarini shakllantirish hamda tizimli ravishda jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazib borishning chora-tadbirlari ishlab chiqildi.

Partiya tashkilotlari kesimida Yangi O’zbekistonni 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirishga oid davlat Dasturining ijrosini ta’minlash bilan inson qadrini ulug‘lashdek oliyjanob maqsad yo‘lida davlat, shuningdek, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xalq vakillari bo‘lgan deputatlarning kamarbasta bo‘lib, beminnat xizmat qilishiga, xalq oldidagi mas’uliyat hissi ortishiga erishiladi.

Qolaversa, xalq deputatlari Kengashlarining hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘iniga aylanadi. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish borasida deputatlik nazorati yanada kuchaytirilib, samaradorligi oshadi.

Zotan, taraqqiyot strategiyasining barcha yo‘nalishlarida aholi farovonligi, inson qadrini ulug‘lash g‘oyasi mujassam etilgan bo‘lib, unda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, sud-huquq, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, tashqi siyosat borasida qator yangi marralarni zabt etish ko‘zda tutilgan.

To‘lqinjon Fayziyev,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi raisi,

Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashidagi

partiya deputatlik guruhi rahbari

  • Ko'rildi
    226
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+