Deputat hudud mutasaddi rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi

25.02.2022, 17:22

Deputat hudud mutasaddi rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi

Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari joylarda saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga 58-saylov okrugidan saylangan deputat, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Salixov Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov hamrohligida tumandagi Galaravot mahallasining foydalanishga topshirilish arafasida turgan yangi mahalla binosi hamda hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek deputat, tumandagi 12 - maktab va Avazali mahallasi, 3-sektor hududidagi 4-maktab va Istiqlol mahallasidagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuva tuman mas’ullari, sektor rahbarlari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini eshitdi, masalalarni joyida xal etish yo‘llarini ko‘rishdi.

Erkin Salixov saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan masalalar, bildirilgan takliflar yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirar ekan, ularga o‘z vakolati doirasida amaliy yordam ko‘rsatishini ta’kidladi.

Saylovchilar bilan uchrashuvlar davom etmoqda.

Xasan G’afurov,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

deputati yordamchisi.

  • Ko'rildi
    532
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+