Ishchi guruh hududlarda: poytaxtimizda “Yaxshidan bog‘ qolar” aksiyasi qizg‘in tus olyapti

02.03.2022, 17:45

Ishchi guruh hududlarda: poytaxtimizda “Yaxshidan bog‘ qolar” aksiyasi qizg‘in tus olyapti

Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining “Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish” ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha O’zLiDeP deputatlari, faollaridan iborat ishchi guruh  faoliyatini davom ettirib, amaliy ishlar bilan belgilangan vazifalar bajarilishiga hissa qo‘shyapti.

Mazkur ustuvor yo‘nalishdan Toshkent shahrini  aholiga qulay, ekologik toza va yashash uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo‘lgan hududga aylantirish, ko‘kalamzorlashtirish darajasini shu yili  15 foizga yetkazish  maqsadi ham o‘rin olgan.  Partiyamiz vakillari ishga astoydil kirishdilar.

Ishchi guruh O’zLiDeP Olmazor tumani va “Yoshlik” talabalar shaharchasi Kengashlari va tuman kengashlari deputatlari – To‘rabek Nazarov, Anvar Shermuratov bilan birgalikda “Yaxshidan bog‘ qolar”  aksiyasi doirasida Olmazor tumani hokimligi bog‘iga 40 tup daraxt ko‘chatlari o‘tqazdilar.

Shuningdek, Yunusobod tumanidagi “Uvaysiy” mahallasida ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bunda, ayniqsa, tuman kengashi deputati Abdumalik Tulyaganov jonbozlik ko‘rsatdi. Ishchi guruh tumandagi “Oqtepa” MFY raisi Rustam Axunov va Toshkent shahar kengashi deputati Umid Sanakulovning xayrli tashabbusini to‘la qo‘llab-quvvatlab, uning amalga oshishiga ko‘maklashdi. 273- umumta’lim maktabi hududida “Oqtepa” yoshlar bog‘i tashkil kilindi.

Poytaxtimizning boshqa tumanlarida ham bu yo‘nalishdagi ishlar qizg‘in tus olyapti.

Bobur Rasulov,

Xalq deputatlari Toshkent shahar

kengashi deputati,ishchi guruh a’zosi  

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    677
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+