Shahrixonlik fuqaroning murojaati joyida yechim topdi

28.03.2022, 12:04

Shahrixonlik fuqaroning murojaati joyida yechim topdi

Xalq bilan ochiq muloqot qilish, odamlarni o‘ylantirayotgan, joylarda yechimini kutayotgan masalalarni o‘rganish, aholining dardu-tashvishiga quloq tutib, muammolarini hal etishga ko‘maklashish bugun deputatlar faoliyatining asosiy mezoniga aylandi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari aholi bilan uchrashib, ularning xohish-istaklari, qiziqishlari, duch kelayotgan muammolariga alohida e’tibor bermoqda, mahallama-mahalla yurib, odamlarning dardu tashvishini eshitmoqda.

Parlament quyi palatasi deputati Odinaxon Otaxonovaning Shahrixon tumani saylovchilari bilan uchrashuvlari ham g‘oyat samarali kechdi.

Umidaxon Otaxonova “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiladi. Mahalladagi ehtiyojmand oilalar ro‘yxatida turuvchi bu oilaning ikki nafar farzandi onasining yoniga kirib ro‘zg‘orga ko‘maklashmoqchi.

Albatta, bu quvonarli holat. Lekin hududdagi “G’oya” o‘quv markazida tahsil olayotgan qizlarning ilk to‘lovini amallab to‘lagan ona keyingi muddat to‘lovi vaqti kelganda boshi qotdi.

Xalq vakili O.Otaxonova ushbu masalani o‘z nazoratiga olib, muammoni joyida hal qilishga erishdi.

–Deputatimizning har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, odamlarning og‘irini yengil qilayotgani haqida ko‘p eshitganmiz, – deydi U.Otaxonova. –Men ham farzandlarimni kasb-hunar egallashi uchun o‘quv markaziga to‘lov qilish borasida biroz qiynalayotgan edim. Ular bu masalani o‘z nazoratiga olib, shu yerning o‘zida hal qilib berdi.

Ha, bugun deputatlarimiz xalq bilan muloqotni yo‘lga qo‘yishda raqamlar ketidan quvish, hisobot uchun ishlash emas, balki chin yurakdan odamlarning dardiga quloq tutib, ularni o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topmoqda.

  • Ko'rildi
    475
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+