“Tomorqa - daromad manbai" loyihasi doirasida mahorat darsi o‘tkazildi

07.04.2022, 14:56

“Tomorqa - daromad manbai

"Namunali tomorqachi ayol - farovonlik bunyodkori!" loyihasi doirasida tomorqadan namunali foydalanish, yerdan samarali daromad olish yuzasidan joylarda  mahorat darslari tashkil etilib kelinmoqda.

Ayniqsa, dala-dashtga jon engan ko‘klamning ilk oyida bir parcha tomorqasi bor har insonki yeriga bir nima qadasam, deydi.

Jumladan, G’ozg‘on shahridagi “Guliston” MFY da yashovchi ayollar daftariga kiritilgan, vaqtinchalik ishsiz xotin-qizlar va yoshlarga tomorqadan namunali foydalanish, yerdan samarali daromad olish xususida tajriba jarayonlari tashkil qilindi.

“Azamat-Vahob-Sheroz” MChJ BPTraisi D.Jumayeva tashabbusi bilan  o‘tgan mazkur tajriba soatida xotin-qizlar tadbirkorlikka jalb qilindi, yerdan unumli foydalanish borasidagi bilimlari oshirildi, dehqonchilik  sir sinoatlari o‘rgatildi.

Shuningdek, mahorat darsi ishtirokchilariga tomorqasidan daromad olish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun davlat tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilishi, mas’ul tashkilotlar ishtirokida maxsus qulay yengil konstruksiyali issiqxonalar joyida o‘rnatib berilishi yoki qishloq xo‘jaligi mini texnikalari ajratilishdagi imtiyozlar shuningdek, yoshlarga imtiyozlar asosida ajratilayotgan yerlar to‘g‘risida ham ma’lumot berildi.

M.Pirnafasova,

O’zLiDeP Navoiy viloyat kengashi

jamoatchilik bilan aloqalar va

mafkuraviy ishlar bo‘limi mudiri

Teglar
Tomorqa
  • Ko'rildi
    625
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+