Termizlik tomorqachi issiqxonadan qanday daromad topishni yaxshi biladi
28.02.2023, 18:53

Issiqxonadan foydalanish tajribasini hali ko‘pchilik yaxshi o‘zlashtirib ulgurmagan mustaqillikning ilk yillaridayoq Boboyor Xolboyev o‘z xonadonida issiqxona barpo etib, unda ko‘chat yetishtira boshlagan. Hozirda 20 sotix maydondagi issiqxonada pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri hamda mavsumiy gul ko‘chatlari yetishtirilib, Surxon vohasining barcha tumanlari, Qashqadaryo viloyati va hatto qo‘shni Tojikistonlik mijozlarga ham yetkazib bermoqda.
O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi raisi, viloyat kengashi deputati Alisher Ro‘ziyev Boboyor Xolboyevning faoliyati bilan yaqindan tanishish niyatida uning xonadonida bo‘ldi. U yerda ko‘chatlarni qanday parvarish qilinayotganini ko‘zdan kechirdi. Bugungi kunda Boboyor Xolboyev o‘zi yashayotgan Termiz tumanidagi «Namuna» mahallasi fuqarolariga ham issiqxonada turli sabzavotlar, gul ko‘chatlarini yetishtirish tajribasini o‘rgatib, yaqindan ko‘mak berib kelmoqda. Muhimi, tinib-tinchimas otaxon bu yo‘nalishdagi bilimlarini oshirishni kanda qilmaydi. Boshqa viloyatlarning ham tajribasini so‘rab-surishtirib, o‘rganishdan erinmaydi. Axir qanday soha yoki yo‘nalish bo‘lmasin izlangan yaxshi-da. Zero, mehnatning samarasiyu hosilning barakasi ham shu izlanish va tirishoqlik ortidan keladi.
O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Tomorqachilikni rivojlantirish deputatlarning doimiy nazoratida
04.05.2023, 16:25
-
Tomorqa – xazina manbai
28.04.2023, 17:22
-
Mirzaobod tajribasi: mehr bersang tomorqa – katta daromad manbai
20.04.2023, 14:24
-
Asakalik tomorqachi ayol 18 sotix yerdan yiliga 120 million so‘mga yaqin daromad topmoqda
02.03.2023, 15:23
-
Sarishtali xonadonda baraka bo‘ladi
27.02.2023, 12:56
Fikringizni qoldiring