Deputat uchrashuvida qonun loyihalariga takliflar oldi

06.05.2022, 15:23

Deputat uchrashuvida qonun loyihalariga takliflar oldi

Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z hududlarida bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilyapti.

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi Hazratqul Xo‘jamqulov, Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi rahbariyati hamda ofitser va safdor xodimlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda kuni kecha Senatning yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan "Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun hamda “O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihalari yuzasidan xodimlarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Muloqotda mazkur Qonunlarning mazmun-mohiyati, maqsadi va ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritilib, Milliy gvardiya Qo‘riqlash bo‘linmalari xodimlariga berilayotgan vakolatlar, ustuvor vazifalar xususida ma’lumotlar berildi.

Shundan so‘ng, yig‘ilganlar deputatga Qonunda ko‘rsatilgan ayrim moddalar yuzasidan  o‘z savol va takliflarini o‘rtaga tashlab, tegishli javob va tushunchalar oldilar.

  • Ko'rildi
    338
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+