“Ayollar daftari” ro‘yxatida turgan xotin-qizlarning muammo va takliflari o‘rganildi

10.05.2022, 16:18

“Ayollar daftari” ro‘yxatida turgan xotin-qizlarning muammo va takliflari o‘rganildi

O‘zLiDeP Toshkent shahar va Sergeli tuman Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi tomonidan tumandagi "Ezgulik" MFYda aholi bilan muloqot tashkil qilindi. Tadbirda Toshkent shahar va Sergeli tuman Kengashi deputatlari, shuningdek, “Ayollar daftari” ro‘yxatida turgan xotin-qizlar, Bank xodimlari,  mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etishdi.

Muloqotda asosiy e’tibor xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish, turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini ko‘paytirish borasida tizimli chora-tadbirlarni belgilash, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish, ularni «Ayollar daftari» orqali manzilli qo‘llab-quvvatlash masalalariga qaratildi.

Tadbirda “Ayollar daftari” ro‘yxatida turgan xotin-qizlarga biznes ko‘nikmalarini shakllantirish, imtiyozli kreditlar ajratilish tartiblari, o‘z tadbirkorliklarini yo‘lga qo‘yishlarida zarur bo‘ladigan huquqiy bilim, foydali maslahat va tavsiyalar berildi.

Tadbirlar mobaynida xotin-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob olishdi.

  • Ko'rildi
    494
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+