Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda xotin-qizlarning ham o‘rni muhimdir

28.06.2022, 12:07

Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda xotin-qizlarning ham o‘rni muhimdir

Koson tumani Pedagogika-iqtisodiyot kollejida partiya tuman Kengashining faol ayollari, deputatlar, kollej pedagoglari ishtirokida “Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Gulshana Xudayarova ishtirok etdi va Prezidentimizning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi nutqi mazmun-mohiyati hamda konstitutsiyaga kiritilayotgan qo‘shimcha-o‘zgartishlar to‘g‘risida, ushbu islohotlarda xotin-qizlarning ham o‘rni g‘oyat muhim ahamiyat kasb etishini alohida  e’tirof etdi.

Shuningdek, barcha aholining keng qatlami konstitutsiyaviy islohotlarga o‘z taklif va mulohazalari bilan faol qatnashishlari maqsadga muvofiqligini aytib o‘tdi.

Ishtirokchilar kun tartibidagi masala yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

  • Ko'rildi
    528
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+