To‘rtko‘llik saylovchilarga Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati tushuntirildi
28.06.2022, 14:45

Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunichlik palatasi deputatlari o‘zi saylangan okruglarda bo‘lib, aholi bilan muloqotlar qilib, hududlarda o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ravshan Mamutov ham To‘rtko‘l tumanida o‘z saylovchilari bilan uchrashdi.
To‘rtko‘l tuman hokimiyati majlislar zalida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka tushuntirildi.
Unda tumandagi 4 ta sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda tuman Kengashi deputatlari, OFY va MFY raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xoti- qizlar faollari ishtirok etdi.
Qonunchilik, jamiyatdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq jarayonlarda keng jamoatchilikning ishtiroki muhim mezonlaridan biri hisoblanadi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati R.Mamutov.
Shu ma’noda targ‘ibot tadbirlari, davra suhbatlari o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish yuzasidan bildirilayotgan takliflarni muhokama qilish, aholi vakillarining referendumda faol ishtirok etishi va keng jamoatchilikning fikrini o‘rganishdan iborat.
Uchrashuvda xalq vakili bo‘layotgan siyosiy jarayon haqida tushunchalar berib, bir qancha moddalar to‘ldirilayotganligi va boshqa moddalarning boshqa so‘z bilan almashtirilayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi va shu bilan birgalikda konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha bir qancha takliflar olindi.
Tadbir davomida bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Davlat organlarida fuqarolik xizmatini o‘tash tartibi, davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi belgilandi
09.08.2022, 15:36
-
Davlat xizmatchisi tajriba va salohiyatga qarab tanlanadi
05.08.2022, 18:19
-
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot muammolarga yechim topishning eng maqbul yo‘li
04.08.2022, 16:36
-
ShHT — do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi
02.08.2022, 12:21
-
Jarqo‘rg‘onliklarning murojaati hal bo‘ldi
02.08.2022, 10:14
Fikringizni qoldiring