Konstitutsiyaviy qonun loyihasi xalq muhokamasida
29.06.2022, 17:21

Ma’lumki, joriy yilning 25 iyundan boshlab 5 iyul kuniga qadar “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasiga start berildi.
Qarshi shahri hokimligi majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Bosh qomusi – Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha tayyorlangan qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashi deputatlari, jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gulshana Xudoyarova tomonidan konstitutsiyaviy qonun loyihasi haqida, Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgarish va qo‘shimchalar borasida atroflicha ma’lumot berildi.
Yig‘ilishda konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan mahalliy Kengash deputatlari ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
O'xshash yangiliklar
-
Davlat organlarida fuqarolik xizmatini o‘tash tartibi, davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi belgilandi
09.08.2022, 15:36
-
Davlat xizmatchisi tajriba va salohiyatga qarab tanlanadi
05.08.2022, 18:19
-
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot muammolarga yechim topishning eng maqbul yo‘li
04.08.2022, 16:36
-
ShHT — do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi
02.08.2022, 12:21
-
Jarqo‘rg‘onliklarning murojaati hal bo‘ldi
02.08.2022, 10:14
Fikringizni qoldiring