Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda

29.06.2022, 17:28

Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda

 Sho‘manoy tuman hokimligida “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi  O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik orasida targ‘ibot qilish maqsadida davra suhbati tashkil qilindi.

Unda tumandagi sektor  rahbarlari,  Xalq deputatlari  Sho‘manoy  tuman Kengashi deputatlari,  korxona  va tashkilot rahbarlari va OAV vakillari  ishtirok etdi.

Muloqotda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Ibragimov Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, ularning mazmun-mohiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar, xalqparvar davlatni barpo etish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlash kabi maqsadlar mamlakatimizdagi tub islohotlarga mos yangi konstitutsiyaviy-huquqiy makonni yaratish zaruratini yuzaga keltirdi.

Deputat tomonidan o‘tgan davr mobaynida jamiyatimizning siyosiy,  iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotida tub o‘zgarishlar bo‘lgani, bu esa  Bosh qomusimizda “Yangi O’zbekiston-ijtimoiy davlat” tamoyilini  mustahkamlash,  turli  islohotlar jarayonida inson manfaatlari bosh mezon bo‘lishini ta’minlash, xususiy mulk daxlsizligini, yerga egalik qilish huquqini, fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rnini konstitutsiyaviy darajaga ko‘tarish, davlat hokimiyati asoslarini takomillashtirish dolzarbligini ko‘rsatayotgani to‘g‘risidagi hayotiy misollar bilan tushuntirib o‘tildi.

Muloqot ishtirokchilarning fikr va mulohazalari bilan davom etdi.   

O’zLiDeP  Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    248
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+