Kiritilayotgan o‘zgartishlar qo‘llab-quvvatlanmoqda

13.07.2022, 11:33

Kiritilayotgan o‘zgartishlar qo‘llab-quvvatlanmoqda

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi mahallalarda ham Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi mahalla faollari, o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari, tadbirkorlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari hamda yoshlar ishtirokida qizg‘in o‘tmoqda.

Uchrashuvlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shahnoza Xolmahamatova loyihaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida atroflicha ma’lumotlar bermoqda.

Qayd etilganidek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga kiritilayotgan normalarning aksariyati   mazmun-mohiyatiga ko‘ra, “inson – jamiyat – davlat”, “Yangi O’zbekiston – ijtimoiy davlat” degan tamoyillarni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashga, xalqparvar davlat barpo etishga, inson huquqlarining himoyasi va ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga, yoshlarning huquq va manfaatlarini to‘la ta’minlashga qaratilgan.

Muloqotlarda qonun loyihasi yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi, jo‘yali takliflar ilgari surildi.

Tumanning Nurafshon va Obod mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish borasidagi islohotlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishdi.

Deputatning hududagi uchrashuvlari davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    352
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+