Xalqimizni rozi qilish yo‘lida jipslashamiz!

29.07.2022, 12:13

Xalqimizni rozi qilish yo‘lida jipslashamiz!

So‘nggi besh yilda barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirildi. Yurtimiz rivoji yo‘lida yangi bosqichni boshlab bergan O’zbekistonning Yangi Taraqqiyot strategiyasida inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish birinchi maqsad etib belgilangani ham fikrimizning yorqin dalilidir.

Zotan, bugun mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy hayotidagi barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan.

Kuni kecha davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan aholi turmushini yaxshilash va tadbirkorlar faolligini oshirishga qaratilgan takliflar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ham xalqni rozi qilishga katta e’tibor qaratildi.

Unda aholi va biznesni qiynab kelayotgan muammolar, ular bo‘yicha ilgari surilayotgan taklif va tashabbuslarning muhokama qilingani, asosli takliflarni qanoatlantirish, odamlar uchun qulayliklarni oshirish borasida mutasaddilarga qat’iy ko‘rsatmalar berilgani xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishi muqarrar.

Aholi va biznesni qiynayotgan muammolarning tizimli yechimini topishga qaratilgan yig‘ilishda ko‘tarilgan har bir masala negizida qadri yuksak bo‘lgan inson omili yotganining guvohi bo‘ldik.

Zotan, bu mamlakatda inson manfaatlarini himoya qilish, uning qadrini yuksaltirishda davlatning o‘z zimmasiga olayotgan majburiyatlari zamirida insonparvarlik siyosati yotganidan dalolat beradi.

1 sentyabrdan boshlab xususiy sektorda ishlayotgan ayollarga ham davlat budjetidan 2 million so‘mlik homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lab berish to‘g‘risidagi qarorning qabul qilinishi misli ko‘rilmagan insonparvarlik bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Olib borilayotgan oqilona siyosat birgina bular bilan cheklanib qolmayapti. Bugun yuritimizda Xalq qabulxonalari, ijtimoiy tarmoqlar va so‘rovlar orqali soha va hududlardagi muammolar, ular yuzasidan odamlarning adolatli takliflari o‘rganilib, shu asosda xalqimizni rozi qiladigan qarorlar qabul qilinmoqda.

Toshkent viloyatida ham bu borada olib boriladigan ishlar talaygina. Endilikda bizning zimmamizda turgan galdagi vazifa – elektoratimiz bo‘lgan tadbirkorlar oldida turgan muammolarni tizimli o‘rganib, ularni bartaraf etishda bevosita ko‘maklashib, xalqimizni rozi qilish yo‘lida jipslikda harakat qilishdan iborat. O’ylaymanki, albatta, bu sa’y-harakatlarimiz o‘z mevasini beradi.

Zero, Prezidentimiz o‘rinli ta’kidlaganidek, xalqimizni rozi qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish barcha rahbarlarning eng ustuvor vazifasi bo‘lishi lozim.

To‘lqinjon Fayziyev,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi raisi,

Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashidagi

partiya deputatlik guruhi rahbari

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    488
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+