O'zLiDeP “Ayollar qanoti” vakillari mahallada ish boshlagan xotin-qizlarning ish faoliyatini o‘rgandi

04.08.2022, 16:32

O'zLiDeP “Ayollar qanoti” vakillari mahallada ish boshlagan xotin-qizlarning ish faoliyatini o‘rgandi

O'zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi Ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri N.Rustamova hamda Mirzabod tumani “Yo‘ldoshobod” MFY faoli S.Abduvaxobova bilan birgalikda mahalladagi ayollar hamda “temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etdi. Unda “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish tizimini yanada takomillashtirish borasida so‘z yuritildi.

Shuningdek, tadbirda ushbu mahalladagi “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turganlar bank tomonidan imtiyozli kredit asosida o‘zlarining kichik biznes tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yayotgani to‘g‘risida ham aytildi. Misol qilib, shu mahallada yashovchi O’g‘iloy G’ofurova tilga olindi.

-Mahallamizda ishsiz ayollar oz emas. O’g‘iloy G’ofurova ishsiz ayollarni ish bilan ta’minladi. Hozirgi kunda ish o‘rnini ko‘paytirish maqsadida tikuv dastgohlarini olish uchun harakat qilmoqda, - dedi S.Abduvaxobova.

Muloqotdan so‘ng kichik tadbirkor O’.G’ofurova faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi.

  • Ko'rildi
    685
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+