Deputat tashabbusi bilan Boysunning eng chekka qishlog‘iga ichimlik suvi keltirilmoqda

17.08.2022, 16:14

Deputat tashabbusi bilan Boysunning eng chekka qishlog‘iga ichimlik suvi keltirilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Hazratqul Xo‘jamqulov saylovchilar bilan uchrashuvi davomida Boysun tumani “Sayrob” mahallasida istiqomat qilayotgan fuqarolardan toza ichimlik suvi masalasida murojaat qilishgan edi. Ma’lum bo‘lishicha ushbu qishloq aholisi tog‘li hududda ya’ni qir-adirda istiqomat qilishini hisob olganda ushbu mahallaga ichimlik suvi kelish ancha qiyinchilik tug‘dirar edi. Shu sababli mahallaga tog‘dan ichimlik suvi tarmog‘ini tortib kelishdan boshqa chora yo‘q.

Deputat xalq bilan muloqot qilar ekan albatta, bu masalada tuman hokimligi orqali ijobiy yechim topishda va’da berdi. Va nihoyat deputatning va’dasi amalga oshdi. Sayrob mahallasida ilondara darasidan ichimlik suvini olib kelish loyihasi boshlandi. Hozirgi vaqtda tuman hokimligi mas’ulligida hamda mahalla aholisining 30 nafardan ziyod kishi hasharga jalb qilindi. Avgust oyining oxiriga qadar ushbu mahalla ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

  • Ko'rildi
    382
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+