Yuksak ishonch katta mas’uliyat yuklaydi

31.08.2022, 17:18

Yuksak ishonch katta mas’uliyat yuklaydi

Eng ulug‘, eng aziz bayram arafasida Prezidentimiz Farmoniga binoan soha peshqadamlari qatori mening ham kamtarona mehnatim yuksak taqdirlanib, “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoniga munosib deb topilganim yuragimni faxr-iftixor tuyg‘ulari bilan to‘ldirdi. Ulug‘ ayyom kunlarida his-hayajonimning cheki yo‘q. Zotan, Mustaqillik – oliy va bebaho ne’mat. 

Vatanimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida – ulkan tarixiy jarayon Uchinchi renesans poydevori barpo etilayotgan bugungi kunda biz tadbirkorlarga yurtboshimiz tomonidan alohida e’tibor berilayotganligining o‘ziga xos sababi bor. Negaki, tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining qon tomiri, rivojlantiruvchi bosh drayveridir.

Men ish boshqaruvchi sifatida faoliyat olib borayotgan “WBM Romitex” MChJ da hozirgi paytda 750 kishining bandligi ta’minlangan. Ayni paytda ushbu korxonaning ikkinchi bosqich qurilishi jadal davom etyapti.

Korxona to‘liq ishga tushirilgach, bu yerda jami 3000 kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi. Barchamizning maqsadimiz bitta, - u ham bo‘lsa mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlashga korxonamizda ishlab chiqarilayotgan sifatli to‘quv mahsulotlari bilan salmoqli hissa qo‘shishdan iboratdir.

Prezidentimiz bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda ilgari surilgan va yurtboshimiz tomonidan tavsiya etilgan 5 ta amaliy takliflar esa biz tadbirkorlarning kelgusidagi faoliyatimizni yanada kengaytirish imkonini berishi bilan birga zimmamizga katta mas’uliyat ham yuklaydi.

Barcha yurtdoshlarimiz va soha xodimlarini qutlug‘ sana munosabati bilan samimiy muborakbod etib, ularga sog‘lik-salomatlik,  tadbirkorlik faoliyatlariga yangidan-yangi zafarlar yor bo‘lishini talab qolamiz.

Omatjon Jo‘raboyev,

Romitan tumanidagi borayotgan “WBM Romitex” MChJ

ish oshqaruvchisi,

xalq deputatlari tuman Kengashi deputati

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    415
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+