Sirdaryolik ishbilarmon ayol g‘oliblari Xivaga ikki kunlik sayohat qilishdi

06.09.2022, 16:31

Sirdaryolik ishbilarmon ayol g‘oliblari Xivaga ikki kunlik sayohat qilishdi

Xabaringiz bor, joriy yilning 24 avgust kuni Sirdaryo viloyatida “Ishbilarmon ayol 2022” ko‘rik tanlovining hududiy respublika bosqichi bo‘lib o‘tgan edi. Tadbirda ishbilarmon ayollarning mehnatlari hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan munosib baholanib, hududiy respublika bosqichining uch g‘oliblari aniqlandi. So‘ngida, viloyat Kasaba uyushmasi rahbari har bir ishtirok etgan ayollarga ikki kunlik Xorazm viloyatiga sayohatga yuborishni va’da qilgandi. Va’daga vafo deganlaridek, kuni kecha 4 sentabr kuni “Guliston vokzali”da tuman, shahar va hududiy respublika bosqichida ishtirok etgan barcha ishbilarmon ayollar ikki kunlik sayohatga jo‘nab ketishdi. Ularni O’zLiDeP viloyat Kengashi apparat rahbari Sh.Bozorboyeva boshchiligida bir guruh partiya faollari kuzatib qo‘ydi.

Ishbilarmon ayollarning ikki kunlik Xorazm viloyatiga sayohati davom etmoqda. Sayohlar “Ichan qal’a”da bo‘lib, tarixiy obidalar bilan tanishdilar.

-Bayramga katta sovg‘a bo‘ldi desak hecham adashmayman. Oila va tadbirkorlik ishlarimizni deb, to‘g‘risi dam olgani yoki mana shunday yurtimiz bo‘ylab sayohat qilgani ochig‘i vaqtimiz ham bo‘lmaydi. O’zLiDeP viloyat Kengashi hamda viloyat Kasaba uyushmasiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Tarixni qayta o‘rganib, go‘zal Xivani aylanmoqdamiz, - deydi Dilafruz Jo‘rayeva.

  • Ko'rildi
    264
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+