“Har birimiz kuchli bo‘lsakkina ShHT kuchli bo‘ladi!”

13.09.2022, 16:05

“Har birimiz kuchli bo‘lsakkina ShHT kuchli bo‘ladi!”

Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti unda birlashgan davlatlar uchun anchayin foydali bo‘lishi kutilmoqda. Sababiki, sammit doirasida 30 ga yaqin xalqaro bitimlar imzolanishi aytilmoqda. Albatta, mazkur yig‘ilishning ShHT ga a’zo davlatlar qatorida xususan, O’zbekiston uchun qanday muhim siyosiy ahamiyatga ega ekanligi davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev muallifligida chop etilgan  «Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik» nomli maqolada ham aniq va ravshan qilib ochib berilgan.   

Shunday katta yig‘in va uning qanday kechishi borasidagi fikrlar, bugungi global zamonaning notinchliklariyu xalqlar va davlatlarning o‘zaro birlashuvi natijasida yuzaga keladigan iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa maslalarda erishiladigan ijobiy natijalar haqida aynan davlat rahbarining munosabat bildirishi ko‘pchilikni biroz hushyorlikka undadi. Maqolada ShHT mamlakatlar o‘rtasidagi turli kelishmovchiliklarni yengib o‘tish, o‘zaro anglashuvni mustahkamlash, siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, savdo-sotiqni kengaytirish hamda madaniy-gumanitar almashinuvni rag‘batlantirishga yordam berishi ta’kidlanar ekan ushbu tashkilot aynan mana shunday maqsad va vazifalarni ko‘zlashi aytilgan Vaholanki, bu tashkilot madaniy-tsivilizatsion qarashlari turlicha, o‘z tashqi siyosiy yo‘nalishlari va milliy taraqqiyot modellariga ega mamlakatlarni birlashtira olgan o‘ziga xos davlatlararo tuzilma ekanligi, tarixan qisqa davrda ShHT katta yo‘lni bosib o‘tib, global siyosiy va iqtisodiy tizimning ajralmas qismiga aylangani ham qayd etilgan.

Ayniqsa, bu galgi yig‘ilishning “Har birimiz kuchli bo‘lsakkina ShHT kuchli bo‘ladi” shior ostida o‘tkazilayotgani Tashkilotni yanada kuchli va xalqaro hamkorlarimiz uchun yanada jozibador bo‘lishiga erishish uchun jiddiy harakat qilinganini ifodalaydi. Shu ma’noda Prezident ShHTning Samarqand sammiti umumiy xavfsizlik va taraqqiyot yo‘lidagi o‘zaro hurmat, ishonch, konstruktiv hamkorlik prinsiplariga asoslangan yangi, inklyuziv muloqotni yo‘lga qo‘yish borasida o‘ziga xos namuna bo‘la olishini ta’kidlaydi. Davlat rahbarining ishonchi va qat’iyatiga tayangan holda ushbu yig‘ilish ana shunday kutilgan natijalar bilan yakunlanishiga biz ham ishonamiz.

Alisher Ro‘ziyev,

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi deputati,

Partiyaning viloyat Kengashi raisi

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    333
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+