O’zLiDeP faoli 100 nafar qizlarni bepul kasb-hunarga o‘qitib, 4 nafarini ishli qildi

14.09.2022, 18:11

O’zLiDeP faoli 100 nafar qizlarni bepul kasb-hunarga o‘qitib, 4 nafarini ishli qildi

Yangilanayotgan O’zbekistonimizda ayollarning salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarimizda yanada faol ishtirokini ta’minlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Prezidentimiz ayollarning jamiyatdagi o‘rni va rolini oshirish, huquq va manfaatlarini himoya qilish, zamonaviy mutaxassis, malakali kasb egalari bo‘lishlari uchun zarur shart - sharoitlar yaratish, davlatimiz va jamiyatimizning doimiy e’tiboridagi eng ustuvor vazifa ekanligini alohida ta’kidlab kelmoqdalar.

Shu o‘rinda xalq deputatlari Yakkabog‘ tuman kengashi deputati Nargiza Salomova tashabbuskorligini alohida ta’kidlamoq kerak. U rahbarlik qilayotgan “SITORA IMKON PLYUS” nodavlat ta’lim muassasasi 2010 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, mazkur nodavlat talim muassasasida hozirga qadar 21 mingdan ortiq yoshlar 18 dan ortiq yo‘nalishlarda tadbirkorlik kasbiy malakalarini o‘zlashtirib, nafaqat Qashqadaryo  viloyati, balki respublikamizning turli viloyatlarida xizmat ko‘rsatish sohasida o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishdi.

-Har gal muassasamiz bitiruvchilariga diplomlarni topshirar ekanman, opa-singillarimizning bandligini ta’minlashga hissa qo‘shganim uchun o‘zimni baxtiyor his etaman,-deydi Nargiza Salomova. – Joriy yilning o‘zida mingdan ortiq yoshlar muassasamizni bitirib, tikuvchilik, uy hamshirasi, kompyuter xizmatlari, pazandachilik, sartaroshlik, massaj, elita pardalar tikish, karvin san’ati, popirchilik, oqshom liboslari tikish kabi yo‘nalishlarda mehnat qilmoqdalar. Biz vohamizning chekka hududlarida istiqomat qilayotgan xotin-qizlarga kasb-hunar o‘rgatishga alohida e’tibor qaratamiz. O’tgan davrda 2 ming nafar kam ta’minlangan, boquvchisi yo‘qotgan, nogironligi bor oila farzanddari bepul hunar o‘rganishdi. Bugungi kunda muassasa qoshidagi “Go‘zallik saloni” hamda tikuvchilik sexida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 15 nafar, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 5 nafar yoshlar doimiy ishga qabul qilingan.

Kuni kecha mazkur muassasasida kasb-hunar o‘rgangan 100 nafar yoshlar bepul o‘qitilib, diplomga ega bo‘lishdi. Shuningdek, mazkur o‘quv markaziga 4 nafar bitiruvchi qizlar doimiy ish bilan ta’minlandi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Nargiza Salomova 2017 yilda O’zLiDeP tomonidan tashkil etilgan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida faxrli 2-o‘rin, Prezident sovrini o‘tkaziladigan an’anaviy “Tashabbus-2019” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida “Xizmat ko‘rsatish sohasida” “Yilning eng yaxshi tadbirkori” yo‘nalishining mutlaq g‘olibi bo‘lib, oltin medal va “SPARK” avtomashinasi bilan taqdirlangan.  

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

matbuot xizmati.

  • Ko'rildi
    489
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+