Deputat saylovchilar bilan uchrashuvi davomida mahalladagi mavjud muammolarni o‘rgandi

29.09.2022, 16:25

Deputat saylovchilar bilan uchrashuvi davomida mahalladagi mavjud muammolarni o‘rgandi

 Ayni paytda joylarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hududlarda saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilyapti. 

Xususan, parlament quyi palatasi deputati Ravshan Mamutov To‘rtko‘l tumanidagi “G’alaba” va “Navoiy” mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda To‘rtko‘l tumani hokimi o‘rinbosari  A.Avezimbetov, mahalla oqsoqollari, yoshlar yetakchilari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari qatnashdilar.

Uchrashuvda xalq vakili mustaqillik yillarida olib borilgan keng qamrovli islohotlar, xususan 2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilingan qonunlar va ularning jamiyat farovonligini ta’minlash hamda odamlar hayotini yaxshilashda tutgan o‘rni va ahamiyati, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘zgarish va yangilanishlar, fuqarolar yaxshi yashashi uchun qilinayotgan ishlar bo‘yicha tushunchalar berildi. Uchrashuv davomida aholi muammolari, takliflari ham  tinglandi.

Xususan, bir nechta ko‘chalarning yo‘llarini yaxshilash, elektrdagi muammolar, sim yog‘ochlarni almashtirish, ishsizlik masalalari, 30-sonli maktabga zamonaviy futbol, voleybol maydonchalarini qurish bo‘yicha aholi fikrlarini tinglandi va yozib olinib nazaratga olinishi bildirildi.

Xalq vakilining saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    496
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+