Deputat tadbirkorlarning takliflarini o‘rgandi

03.10.2022, 11:55

Deputat tadbirkorlarning takliflarini o‘rgandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Emma Aslonovaning Buxoro tumanidagi  "Yangiobod" MFY da o‘z saylovchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvi davomida bugungi kunda qonunchilikda bo‘layotgan o‘zgarishlar, Prezident farmon va qarorlari hamda ularning amaldagi ijrosi to‘g‘risida so‘z bordi.

Shuningdek, uchrashuvda hudud aholisini tashvishga solayotgan bir qator muammolar ham o‘rtaga tashlandi. Garchi aholi turmush farovonligini yaxshilash borasida saylov okrugida bir qator amaliy ishlarga qo‘l urilgan bo‘lsada, yechimini kutib turgan muammolar ham yo‘q emas. Aholi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida, jumladan, ushbu mahalla huzurida bolalar sport maydonchasini barpo etish, “Yurunpoyon” qishlog‘idan, “Turkon” qishlog‘igacha bo‘lgan uzunligi 2 km dan iborat yaroqsiz holga kelib qolgan suv quvurlarini yangisiga almashtirish, shuncha masofadan iborat yo‘lni joriy ta’mirlash singari dolzarb masalalar anchadan beri ko‘pchilikni qiynab kelayapti.

Murojaatlar orasida tadbirkorlar faoliyati bilan bog‘liq masalalar ham yo‘q emas. Mahalliy tadbirkorlardan biri Nafisa Xolova o‘z sohasiga oid muammo bilan murojaat etar ekan, shu kungacha tijorat bankidan olingan tegishli miqdordagi kredit evaziga hududdagi kichik sanoat zonasidan tikuvchilik faoliyatini yo‘lga quyish imkonini beradigan binoni barpo etganini, biroq bu korxonada ish boshlash uchun zarur asbob-uskunalarni sotib olish ehtiyoji mavjudligini bayon etdi. Bu muammoni bankdan olinadigan navbatdagi kredit yordamida ijobiy hal etish mumkinligini ma’lum qildi. Ushbu masalada deputat E.Aslonovadan amaliy yordam so‘radi.

Aholi vakillari tomonidan bildirilgan barcha murojaatlar amaldagi qonunlar doirasida ijobiy hal etilishini deputat E.Aslonova uchrashuv ishtirokchilariga ma’lum qildi.

  • Ko'rildi
    174
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+