Asakalik namunali tomorqachi xonadonida mahorat darsi tashkil qilindi

06.10.2022, 10:57

Asakalik namunali tomorqachi xonadonida mahorat darsi tashkil qilindi

O’zLiDeP Asaka tuman Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi tomonidan Prezidentimizning “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” Farmonida belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan davra suhbati tashkil qilindi.

Asaka tumani “Devatagi” MFY da tashkil etilgan muloqotda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputat yordamchisi U.Nazarova, mahalliy Kengash deputatlari va “Ayollar qanoti” guruhi faollari Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda unda nazarda tutilgan ijtimoiy masalalar, xususan, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash masalalariga to‘xtalib o‘tishdi.

Ochiq, samimiy o‘tgan muloqotda opa-singillarimizni o‘ylantirayotgan masalalar, hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar xususida ham suhbatlashildi. Yangi ish o‘rinlarni yaratish, ehtiyojmand xotin-qizlarga moddiy ko‘mak berish borasidagi masalalarni hal etish uchun deputatlar o‘zlariga qayd etib oldilar.

Muloqotdan so‘ng O’zLiDePning “Namunali tomorqachi ayol-farovonlik bunyodkori!” loyihasi doirasida Devatagi mahallasidagi xotin-qizlar uchun namunali tomorqachi Madinaxon Ibragimova xonadoniga tashrif buyurildi.

-Xonadonimizda 12 sotixli issiqxona tashkil etganmiz, - deydi M.Ibragimova. Pomidor, bulg‘or qalampirlarini yetishtirib, yilda ikki marotaba daromad olyapmiz. Mahallamizdagi 5 nafar ishsiz ayollarni bandligini ta’minlaganman. Partiya tomonidan bizday tomorqachi ayollarga berilayotgan e’tibordan mamnunman.

Uchrashuv yakunida namunali tomorqachi Madinaxon va faol ishchilari O’zLiDeP safiga qo‘shilish istagini bildirdi.

Irodaxon Tadjiboyeva,

O’zLiDeP andijon viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    255
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+